CLICK tizimida plastik kartadan kartaga mablag‘ o‘tkazish imkoni ishga tushirildi!
04.07.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

CLICK kompaniyasi plastik kartalar o‘rtasida pul mablag‘larni o‘tkazish imkoni ishga tushirilishi haqida mamnuniyat bilan xabar qiladi.

Yangi tushirilgan imkoniyat O‘zbekiston banklari tomonidan emissiya qilingan bitta plastik kartadan boshqa kartaga mablag‘ o‘tkazishni ochib bermoqda. Hozirgi paytda ushbu imkoniyat “Aloqabank” va “Agrobank”  aksioner-tijorat banklarning plastik kartalari egalari uchun joriy qilindi.

CLICK tizimining foydalanuvchilarining qulayligi uchun pul mablag‘i o‘tkazmasini oluvchining plastik karta raqamini yoki telefon raqamini ko‘rsatgan holda amalga oshirish mumkin. Agarda ko‘rsatilgan telefon raqam CLICK tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, o‘tkazma ulangandan keyin qabul qilinishi mumkin.

O‘tkazmalar quyidagi USSD-so‘rovlar orqali oshiriladi:

*880*karta_raqami*summa#

*880*3*telefon_raqami*summa#

Shu bilan birga, yaqin vaqt ichida ushbu imkoniyat ilovalarda ham ishga tushiriladi. Ta’kidlab o‘tish joiz, telefon raqami operator kodi bilan birga ko‘rsatilishi (masalan, 90XXXXXXX) va CLICK tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.

Plastik kartadan pul o‘tkazmasi amalga oshirilgan paytda jo‘natgan foydalanuvchidan 2% miqdorida xizmat haqi ushlab qolinadi. O‘tkazmalarni oshirish mumkin bo‘lgan plastik kartalar chiqargan banklar soni doimiy ravishda kengaytirilib, yaqin vaqt ichida O‘zbekiston Respublikasidagi barcha bank-emitentlarni qamrab olishi kutilmoqda.

“Yuqorida ko‘rsatilgan plastik kartalar o‘rtasidagi o‘tkazmalarga talab juda katta. Shuning uchun, foydalanuvchilarimizga bugungi kundan boshlab shunday imkoniyat joriy qilinganini mamnuniyat bilan xabar qilmoqdamiz”, – deb ta’kidladi CLICK kompaniyasining Bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.

Ushbu xizmat CLICK kompaniyasida qabul qilingan foydalanuvchilar uchun plastik kartalari va hisoblarni, shu bilan birga, har kunlik to‘lovlarni boshqarishda turli qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan rivojlanish strategiyasi doirasida ishga tushirildi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq