Ravshan Irmatov – Huawei ning yangi brend-ambassadori
29.06.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

huawei_29_06_2016

O‘zbekistonning 9 karra yilning eng yaxshi arbitri, Osiyoning besh karra eng yaxshi arbitri, dunyo miqyosida yilning eng yaxshi arbitri yo‘nalishida «Global Soccer Awards» mukofotiga sazovor bo‘lgan Ravshan Ermatov Huaweining brend-ambasadorlari safiga qo‘shildi. Odilona hakamlik qilishi butun dunyo muhlislarida hurmat uyg‘otuvchi O‘zbekistonlik arbitr brendning yangi vakili bo‘ldi.

huawei_29_06_2016_1

Futbol millionlar o‘yini. U muhlislarni g‘alabadan sarmast qilib, mag‘lubiyatdan alam chekishga majbur qiladi. Yangi, jahon sifat darajasiga chiqayotgan Huawei o‘z brendini ilgari surish uchun dunyo yulduzlarini jalb qiladi. U bilan hamkorlik Huawei brendining maksimal natijaga erishgan shaxslar va kompaniyalar bilan birgalikda harakat qilishga intilayotganini ko‘rsatadi.

huawei_29_06_2016_2

Bu yil Lionel Messi Huawei brendining global elchisi bo‘ldi va endilikda Huaweining so‘nggi modeldagi smartfonlarini namoyish qilmoqda. Rober Levandovski kompaniyaning Polshadagi qiyofasidir. Yosh va iste’dodli kolumbiyalik futbolchi Xames Rodriges esa Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi “ambassador” etib tanlangan. Angliyaning “Arsenal” futbol klubi hujumchisi Aleksis Sanches nafaqat Chilida, balki tumanli Albionda ham kompaniyaning qiyofasi hisoblanadi.

huawei_29_06_2016_3

“Huawei kompaniyasi butun dunyoda futbol bilan chambarchas bog‘liq va o‘z xizmatlari va yangi mahsulotlarini, smartfonlarini dunyo miqyosidagi yulduzlar bilan hamkorlikda ilgari suradiyu O‘zbekistonda shunday inson – mashhur FIFA referisi Ravshan Ermatovdir. U 5 marotaba Osiyoning eng yaxshi referisi deb tan olingan, 2015 yilda esa Globe Soccer Awards versiyasi bo‘yicha dunyoda eng yaxshi deb e‘tirof etilgan. Biz uchun Ermatov odilona futbolning va odilona tanlovning timsolidir, chunki referi zimmasida katta mas’uliyat yotadi. U ham bo‘lsa 90 daqiqalik futbol matchi davomida tezlik bilan to‘g‘ri qaror qabul qilishdir. Ishonchim komilki, bizning brendni hamkor sifatida tanlagan Ermatov bu safar ham yanglishmadi. Umid qilamanki, O‘zbekistondagi barcha futbol muhlislari undan ibrat oladilar”, — deya ushbu voqeaga izoh berdi Huaweining O‘zbekistondagi bosh direktori Van Pen.

huawei_29_06_2016_4

“Global brend bo‘lmish Huawei kompaniyasi butun dunyoda futbolni rivojlantirishga ko‘mak berayotganidan juda mamnunman. Ushbu brendni O‘zbekistonda ilgari surish uchun meni tanlashganidan boshim osmonga yetdi. Messi, Levandovski, Sanches kabi yulduzlar qatorida brend elchisi bo‘lish men uchun katta mas’uliyatdir”, — dedi matbuot anjumanida so‘zga chiqqan Ravshan Ermatov.

huawei_29_06_2016_5

Eslatib o‘tamiz, brend elchilari orasida futbol yulduzlaridan tashqari shveysariyalik tennischi Belinda Benchich, kinoaktyorlari Genri Kavill («Supermen») va Skarlet Yoxanson, shuningdek, Livanlik xonanda Nensi Ajram ham bor.

huawei_29_06_2016_6

huawei_29_06_2016_7

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq