Hududiy ochiq ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha video seminar
28.06.2016
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

gov_28_06_2016_1

Joriy yilning 28 iyun kuni «Elektron hukumat» markazi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy boshqarmalari, Kompyuterlashtirish markazlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining raxbar va mutaxassis xodimlari uchun “Ochiq ma’lumotlar portali”ga bag‘ishlangan video seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur video seminarda “ochiq ma’lumotlar” masalalari, xususan hududlarda ochiq ma’lumotlar to‘plamlarini shakllantirish va ularni O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. «Elektron hukumat» markazi va “Uzinfocom” markazi vakillari tomonidan seminar qatnashchilariga Ochiq ma’lumotlar portalidan foydalanish, ma’lumotlar pasportlarini shakllantirish va Ochiq ma’lumotlar portaliga ma’lumotlarni kiritish jarayonlari yuzasidan tushuntirish berdilar.

Seminar savol-javob ko‘rinishida davom etdi va yig‘ilish qatnashchilari ko‘plab o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq