103 — Tez tibbiy yordam
28.06.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbek dasturchisi Yusupov Umrbek Nazarovich «103 — Tez tibbiy yordam» dasturini ishlab chiqdi.

Ushbu dasturiy mahsulot «103» xizmati dispetcherlari ishlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, qo‘ng‘iroqlarni kiritish va o‘zgartirish, bemorlar haqida ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash hamda ularga chaqirilgan tez tibbiy yordamni qayd etib qo‘yish, tez tibbiy yordam kartalari ma’lumotlarini qayta ishlash va saqlash, tez tibbiy yordam stansiyalari brigadalari tarkibini ko‘rib chiqish va o‘zgartirish, qabul qilingan qo‘ng‘iroqlarga tez yordam brigadalarini tayinlash, «Tez tibbiy yordam qo‘ng‘iroqlari kartasi» — 110/u — sonli ro‘yxatga olish shaklni tuzish, ko‘rib chiqish va muhrlash, tez tibbiy yordam faoliyati haqida hisobotlarni ko‘rib chiqish va muhrlash kabi funksional imkoniyatlari mavjud.

Muallifga mazkur dasturiy mahsulot uchun № DGU 03680 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq