Abituriyentlar Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining bakalavr bosqichiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni elektron shaklda topshirishlari mumkin
27.06.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga (TATU) o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar o‘z uylaridan chiqmagan holatda qabul komissiyasiga hujjatlarni elektron shaklda yuborish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining bakalavr bosqichiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni elektron shaklda yuborish” elektron xizmati pilot loyiha tarzida ishga tushirildi.

Mazkur xizmat orqali abituriyentlar TATU ga o‘qishga kirish uchun kerakli hujjatlarni va ariza shaklini qabul komissiyasiga shaxsan bormasdan turib topshirishlari mumkin. Mazkur pilot loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, ushbu elektron xizmatni barcha oliy ta’lim muassasalarida joriy qilish ko‘zda tutilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq