IUT OAV vakillari farzandlari uchun bepul dasturlash darslari o‘tkazadi
26.06.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) O‘zbekiston OAV vakillari farzandlari uchun bepul “Dasturlash soati” darslarini o‘tkazilishi haqida ma’lum qiladi.

Darslar 2016-yilning 29-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida bo‘lib o‘tadi. Ushbu darslarda 9 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan OAV vakillarining farzandlari ishtirok etishi mumkin.

Darslar davomida bolalar Scratch tilida o‘yinlar va MIT App Inventor 2 platformasida mobil ilovalarni dasturlash bo‘yicha ilk bilimlarini oladilar.

Bu darslar yosh avlodga o‘z qiziqishlarini axborot texnologiyalari sohasida sinab olish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, mazkur darslar bolajonlarga o‘z kelajaklarini AT sohasi bilan bog‘lash yoki bog‘lamaslik bo‘yicha bir to‘xtamga kelishlariga ko‘mak beradi.

Darslar o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Joylar soni cheklangan.

Dars Vaqt Til
1 Scratch tilida vizual dasturlash 10:00 – 11:00 Rus tilida
2 MIT App Inventor 2 platformasida dasturlash 11:30 – 12:30 Rus tilida
3 Scratch tilida vizual dasturlash 14:30 – 15:30 O‘zbek tilida
4 MIT App Inventor 2 platformasida dasturlash 16:00 – 17:00 O‘zbek tilida

Darslarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish lozim. Ro‘yxatdan o‘tish uchun Toshkent shahridagi Inha universitetining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi yetakchi mutaxassisi Anvar Umarovga murojaat qiling:

El. pochta: a.umarov@inha.uz

Tel:  (998 71) 289 99 99 (ich. 0171)

Mob:  (998 90) 938 83 38

Toshkent shahridagi Inha universiteti OAV vakillariga o‘z hurmatini izhor etadi va ularga sihat-salomatlik va tinchlik-xotirjamlik tilaydi. Universitet kelajakdagi unumli hamkorlikka umid qilib qoladi.

Manba: press-reliz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq