4G mobil aloqa tarmog‘i kengaymoqda
25.06.2016
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

4G LTE mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi boshqa mobil aloqa operatorlari bilan bir qatorda “Universal Mobile Systems” MChJ (“UMS” MChJ) tegishli ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylashtirgan holda va vakolatli davlat organlarining ijobiy xulosasi asosida joriy yilning 20 iyun kunidan boshlab Toshkent shahrida 4G LTE tarmog‘ini ishga tushirdi. 4G LTE tarmog‘ida 70 Mbit/s. tezlikkacha ma’lumotlar almashinish mumkin hamda ushbu tarmoqning mobil aloqa xizmatlaridan 4G USB modem va LTE 800 standartida ishlovchi mobil aloqa qurilmalariga ega bo‘lgan «UMS» MChJ mijozlari foydalanish imkoniyatiga ega.

“UMS” MChJning 4G LTE tarmog‘ini Toshkent shahrida ishga tushirilishi poytaxt aholisi hamda mehmonlariga internet tarmog‘iga yuqori tezlikda va ishonchli ulangan holda zamonaviy telekommunikatsiya servislaridan foydalanish imkoniyatini yaratib berdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq