UZMOBILE yangi «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasi hududini Lamp Site texnologiyalarini o‘rnatish orqali ishonchli aloqa bilan ta’minlamoqda!
23.06.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

Bugungi kunda O‘zbekistonda o‘xshashi bo‘lmagan zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda, UZMOBILE katta binolarda aloqa sifatini yaxshilashga qaratilgan rejasini amalga oshirishda davom etmoqda. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida, operator tomonidan katta maydonga ega bo‘lgan (sotuv markazlari, ko‘rgazma markazlari, biznes markazlari, ofis binolari va h.k.) binolarda radiouzatishni qismli taqsimlovchi baza stansiyalari uskunalarini (Lamp Site) o‘rnatilmoqda.

Buyuk bayram – Mustaqilligimiz 25-yilligi munosabati bilan, hamda «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasi katta hududida tarmoq qoplashni ta’minlash maqsadida Lamp Site baza stansiyalari uskunalar o‘rnatildi va ishga tushirildi. Endi shahar aholi va poytaxtimiz mehmonlari majmua hududi va katta imorat ichki qismi bo‘ylab barqaror va ishonli aloqa ega bo‘ladilar.

Operator abonentlariga maksimal qulayliklar yaratish maqsadida mazkur yechimni ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan joylarda, omma yeg‘iladigan joylarda joriy etishni rejalashtirgan.

UZMOBILE – mamlakatizmda axborot va kommunikatsion texnologiyalari sohasini rivojlantishga ahamiyat kasb etuvchi yangi imkoniyatlar va abonentlari uchun sifatli xizmatlar joriy etuvchi, Mobil aloqa milliy operatoridir!

Yangi imkoniyatlar va mobil aloqa sifatidan cheksiz muloqot uchun zavq oling!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq