O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti ishtirokchi davlatlarining tarixi va madaniyati bilan tanishtiruvchi kitoblar ko‘rgazmasi ochildi
22.06.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

lib_22_06_2016

Kutubxona foydalanuvchilari va mehmonlarini Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti ishtirokchi davlatlarining boy tarixi va madaniy merosi bilan tanishtirish maqsadida, O‘zbekiston Milliy kutubxonasida mamlakatlar tarixi, geografik o‘rni, diqqatga sazovor joylari, madaniyati, adabiyoti hamda milliy va madaniy an’analari va udumlari haqida hikoya qiluvchi, shuningdek, ularning go‘zal manzarasini tasvirlovchi kitoblar ko‘rgazmasi ochildi. Mamlakatlar va xalqlarning boy an’analari bilan tanishtiruvchi kitoblar bilan bir qatorda, ko‘rgazmada davlat va jamoat arboblarining memuarlari ham o‘rin olgan.

lib_22_06_2016_1

lib_22_06_2016_2

Ko‘rgazmada Shanxay hamkorlik tashkiloti ishtirokchi davlatlarining xalqlari tilida ijod qilgan shoir va yozuvchilarning asarlari taqdim etilgan. Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondlarida saqlanuvchi turli (rus, xitoy, qozoq, qirg‘iz, tojik, o‘zbek) tillardagi kitoblar bilan tanishish va ShHT mamlakatlari madaniy merosidan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Jumladan, rus yozuvchi va shoirlari: L.N.Tolstoy, P.N.Polevoy, L.N.Gumilev, N.V.Gogol, A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, A.P.Chexov kitoblari, tojik yozuvchi va shoirlari R.Fish, R.Xoshim, I.Chalol, F.Niyoziy kitoblari; xitoy yozuvchi va faylasuflari Vang Dji, Sin T., U Szin-Szi, Chen’en U, Lao She, Konfutsiy kitoblari; qirg‘iz yozuvchi va shoirlari Ch.Aytmatov, A.Jaqipbek, Jumag‘ami, A.Usanbayeva, S.Karalayev, K.Bekturganova kitoblari; qozoq yozuvchi va shoirlari S.Qasqabasov, J.Narqulov, M.Z.Zakiyev, Abay, V.Ya.Butanayev va boshqa mualliflarning kitoblari taqdim etilgan.

lib_22_06_2016_3

lib_22_06_2016_4

Shuningdek, ko‘rgazmada Shanxay hamkorlik tashkiloti kuzatuvchi davlatlari madaniyati va adabiyoti namoyondalari, shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar va jamoat arboblari asarlari bilan tanishish mumkin. Bu yerda afg‘on mualliflari N.Xosrav, S.Akimbekov, eron mualliflari S.Hidoyat, M.Avfiy, M.Kozimiy, pokiston mualliflari F.Siddiqiy, Ch.Lodoydamba, hind mualliflari R.Tagor, B.Bxatt, B.Gari, M.Gandi, I.Gandi, mug‘ul mualliflari L.Tudev, B.Nyama, D.Garma, D.Nadmag va belorus mualliflari V.Korotkevich, Ya.Kolas, Ya.Bril va boshqalarning asarlari taqdim etilgan.

lib_22_06_2016_5

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq