Axborot texnologiyalari vazirligi davlat xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha trening o‘tkazmoqda
22.06.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

min_22_06_2016

2016-yil 20-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekistondagi davlat organlari xodimlari uchun biznes-jarayonlarining reinjiniringi bo‘yicha trening boshlandi. Trening ishida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Markazi, “UNICON.UZ” DUK hamda “UZINFOCOM” Markazi xodimlari ishtirok etmoqdalar.

Sakkiz kun davom etadigan treningni Koreya axborot jamiyatini rivojlantirish instituti(KISDI)ning xalqaro eksperti Minju No o‘tkazmoqda. Trening davomida davlat organlari xodimlari biznes-jarayonlarning reinjiniringi bo‘yicha bilim oladilar.

Mazkur bilimlar aholi va biznesga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, xizmatlar raqamlashtirilib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) platformasiga kiritilgunga qadar, idoralararo o‘zaro aloqalarni yaxshilash uchun zarur bo‘lib hisoblanadi. Reinjiniringni o‘tkazish majburiy chora hisoblanib, eskirgan va samarasiz jarayonlarga AKTni tatbiq etishga ketadigan xarajatlarni tejab qolish imkoniyatini beradi.

min_22_06_2016_1

Trening davomida qatnashchilar biznes jarayonlaridagi reinjiniring bo‘yicha o‘z malakalarini quyidagi davlat xizmatlarida sinab ko‘rishlari mumkin: biznesni ro‘yxatga olish, ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish, ko‘chmas mulk oldi-sotdisi, daromadlar to‘g‘risida soliq deklaratsiyasini taqdim etish va daraxtlarni kesishga ruxsat olish. Trening qatnashchilari besh guruhga (davlat xizmatlariga qarab) ajratilgan bo‘lib, ularning har biriga tahlilchilar, huquqshunoslar, AKT va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislar kiritilgan.

Trening yakunida ishtirokchilar xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘zlarining optimallashtirilgan talqinlarini taqdim etadilar, ularning natijalariga ko‘ra qonunchilik bazasi va infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar kiritiladi. Mazkur trening O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi “Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini bajarish doirasida tashkil etildi

Xalqaro ekspert to‘g‘risida ma’lumot

min_22_06_2016_2

Mindju No (Janubiy Koreya) “Kiny&Partners” xalqaro kompaniyasida AKT bo‘yicha Bosh maslahatchi hisoblanadi. Xankuk (Janubiy Koreya) shahridagi Xalqaro fanlar universitetining axborot tizimlarini boshqarishda magistrlik darajasidagi va biznes ma’murchilikda bakalavr darajasidagi diplomga ega. ISACA (1993) xalqaro assotsiatsiyasining tizimli axborot auditi sohasidagi sertifikatiga ega.

“Elektron hukumat”ni joriy etish, onlayn ishlaydigan “Yagona darcha” markazlarini tashkillashtirish, ma’lumotlar almashinuvi bo‘yicha ma’muriy platformalarni yaratish, fuqarolar uchun xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilash, biznes-jarayonlarining reinjiniringi va standartlashuvi bilan bog‘liq qator loyihalarda faol ishtirok etgan. Belorusiya, Kosta-Rika, Moldaviya va Bolgariya mamlakatlari uchun Yo‘l xaritalari va AKTni rivojlantirish bo‘yicha strategiyalarni ishlab chiqqan. Bundan tashqari, Afrika, Osiyo (Malayziya, Bangladesh), MDH (Belorusiya, Moldaviya. O‘zbekiston), Lotin Amerikasi va Yevropa (Bolgariya) mamlakatlarida ishlash tajribasiga ega.

Manba: press-reliz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq