«UZREPORT TV» telekanali YEVRO-2016 o‘yinlarini hududiy telekanallarda namoyish qilish bo‘yicha O‘EOAVMA bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
17.06.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

evro_17_06_2016

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga (YEVRO-2016) yurtimizdagi keng audiyatoriyaning katta qiziqishini inobatga olgan holda «UZREPORT TV» telekanali mazkur musobaqani eksklyuziv translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi va hozirda YEVRO-2016 bahslari to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilinmoqda.

Ko‘plab futbol muxlislarining talab va istaklarini inobatga olgan holda, «UZREPORT TV» telekanali YEVRO-2016 o‘yinlarini 17 iyundan boshlab yurtimizdagi hududiy telekanallarda retranslyatsiya qilish bo‘yicha O‘EOAVMA bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Shu tariqa YEVRO-2016 o‘yinlarini endi quyidagi hududiy telekanallar orqali tomosha qilish mumkin bo‘ladi: «Muloqot TV» (Qo‘qon), «Ruxsor TV», «Marg‘ilon TV» (Marg‘ilon), «Jizzax TV» (Jizzax), STV (Samarqand), «Istiqlol TV» (Buxoro), «Nasaf TV» (Qarshi), «Ishonch TV» (Termiz), «Ellikqal’a TV» (Qoraqalpog‘iston).

Bu holat viloyatlardagi muxlislar uchun YEVRO-2016 bahslarini nafaqat sun‘iy yo‘ldosh orqali yoki IPTV xizmatidan foydalangan holda, balki mahalliy telekanallar orqali ham tomosha qilish imkoniyatini taqdim qiladi.

O‘zaro kelishuvga ko‘ra hududiy telekanallar har kuni soat 23:45da boshlanadigan o‘yinlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri retranslyatsiya qiladi. Soat 20:45da boshlanadigan uchrashuvlar esa tungi soat 01:45da yozib olingan holda namoyish qilinadi.

Yevro-2016 Yevropaning futbol bo‘yicha eng nufuzli musobaqasi bo‘lib, joriy yilning 10 iyunidan 10 iyuliga qadar Fransiyada o‘tkazilmoqda.24ta terma jamoaning Fransiyaning 10ta stadionidagi murosasiz kurashi Yevro-2016 musobaqasini O‘zbekiston hududida translyatsiya qilishning eksklyuziv huquqini qo‘lga kiritgan «UZREPORT TV» telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish qilinmoqda.

«UZREPORT TV» telekanali “YEVRO-2016”dan 58ta o‘yinni translyatsiya qilishini ham ta’kidlab o‘tish kerak. Bunda 45 ta o‘yin to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyada, guruh o‘yinlarining bir vaqtning o‘zida bo‘lib o‘tadigan 6ta uchrashuvi yozib olingan holda, guruh bosqichidan keyingi 7 ta o‘yini (chorak finallar, yarim finallar va final) qo‘shimcha takrorlari bilan ko‘rsatiladi.
Teletomoshabinlarga eslatmoqchimizki, ayni paytda telekanalimizni O‘zbekiston kabel televideniyesi (O‘KT), “UzDigital TV”, “Stars TV”, “IPTV”, “Vodiy Sadosi Yoshlar teleradiokompaniyasi” (YOTRK) abonentlari hamda www.mediabay.tv internet-resursi foydalanuvchilari ko‘rishlari mumkin.

Ta’kidlash lozimki, 2015-yilning 1-dekabridan boshlab telekanal sun’iy yo‘ldosh orqali namoyish qilina boshlandi va uni sun‘iy yo‘ldosh antennalari egalari ham O‘zbekiston hududida, ham Yevroosiyoning boshqa mamlakatlari hududida ko‘rishlari mumkin.

«UZREPORT TV» telekanalining signalini qabul qilish uchun texnik parametrlar:
Sun’iy yo‘ldosh — Yamal 401, 90° Shimoliy nur Ku diapazoni
Qabul qilish chastotasi — 11.505705 GGs
Simvol tezlik — SR = 2280 ksps
Modulyatsiya — DVB-S QPSK 1/2
Qabul qilish polyarizatsiyasi – vertikal
O‘lchami — standart (720x576i)
Kompressiya — MPEG-4
Tavsiya qilingan antenna diametri — 100 sm.dan ortiq

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq