“Elektron hukumat” markazi xodimlari uchun seminar tadbiri
14.06.2016
Rukn: Yangiliklar, Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Joriy yilning 8 iyun kuni “Elektron hukumat” markazi xodimlari uchun seminar tashkil etildi va unda Laziz Adxamov (SAP), Bahodir Ayupov (Osiyo Taraqqiyot Banki) va Yevgeniy Sklyarevskiy (“UZINFOCOM” markazi)lar taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

Bahodir Ayupov o‘zining “Fikrlash dizayni” mavzusidagi taqdimotida muvaffaqiyatlarga erishish usullari haqida qiziqarli misollar asosida tinglovchilarga so‘zlab berdi. Yevgeniy Sklyarevskiy esa bugungi kundagi eng ommabop mavzularidan biri bo‘lgan, ya’ni foydalanuvchilarni Internet ijtimoiy tarmoqlaridan samarali foydalanish qoidalari bo‘yicha nutq so‘zladi.

Tadbir yakunida Laziz Adxamovning “Raqamli o‘zgarishlar” mavzusidagi taqdimoti tinglovchilarda qiziqish uyg‘otdi. Seminar interaktiv shaklda o‘tkazildi va mazkur tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad Markaz xodimlarining o‘z ustida ishlash, dunyoqarashni yanada kengaytirish uchun qiziqtirish hamda boshqa sohalar faoliyatidan xabardor qilishdan iborat edi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq