“Hukumat bolalar nigohida” veb-sayti ishga tushirildi
13.06.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

gov_13_06_2016

2016 yil 13 iyun kuni internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali doirasida “Hukumat bolalar nigohida” veb-sayti (www.kids.gov.uz) ishga tushirildi.

Mazkur veb-sayt 2016 yil O‘zbekiston Respublikasida «Sog‘lom ona va bola yili» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etgan holda barkamol avlodni tarbiyalash yuzasidan olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni mantiqiy davom ettirish, bolalarni “Davlat” va “Hukumat” tushunchalari shuningdek O‘zbekiston to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar bilan yaqindan tanishtirish, ularning siyosiy va huquqiy bilimlarini shakllantirish maqsadida yaratildi.

gov_13_06_2016_1

Ushbu veb-sayt O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbarligida «O‘zinfokom» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi tomonidan ishlab chiqildi.

Veb-sayt 6 -12 yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan. Veb-saytdan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari dars jarayonida foydalanishlari mumkin. Unda O‘zbekiston hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat hokimiyati tizimi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar sodda matnlar va rasmlar yordamida tasvirlab berilgan.

“Hukumat bolalar nigohida” veb-sayti yurtimizda ishlab chiqilgan shu turkumdagi ilk loyiha bo‘lganligi sababli u kelajakda kelib tushgan takliflar asosida yanada boyitib va takomillashtirib borilishi nazarda tutilgan.

Ishonamizki mazkur veb-sayt aziz bolajonlarimizga manzur keladi va ularning bilimlarini boyitishda qo‘l keladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq