Osiyo taraqqiyot banki missiyasi vakillari bilan uchrashuv
12.06.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

gov_11_06_2016

2016 yil 7 iyun kuni “Elektron hukumat” markazida Osiyo Taraqqiyot Bankining Markaziy va G‘arbiy Osiyo departamenti Ijtimoiy sektor yo‘nalishidagi Sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassisi Megan Kaunhen xonim boshchiligidagi Osiyo Taraqqiyot Banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda asosiy e’tibor sog‘liqni saqlash sohasiga oid loyihalarni rivojlantirish va kelgusidagi texnik ko‘mak masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv davomida tomonlar loyihaning asosiy maqsadlari, uning ko‘lami, ta’sir doirasi, kutilayotgan va erishiladigan natijalar hamda amalga oshirish tartibini, shu bilan birgalikda elektron sog‘liqni saqlashni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, OTB vakillari sog‘liqni saqlash loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar, loyiha doirasidagi boshqa manfaatdor tomonlar bilan ham konsultativ uchrashuvlarni amalga oshirish rejasi mavjudligini bildirishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq