“UZREPORT TV” Yevro-2016 o‘yinlarining ikki tildagi sharhini yo‘lga qo‘ygan birinchi telekanal bo‘ldi
11.06.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

uz_11_06_2016

10 iyun kuni futbol bo‘yicha Yevropa chempionatidan o‘rin olgan Fransiya va Ruminiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilindi.

“UZREPORT TV” telekanali muxlislari ushbu uchrashuv translyatsiyasini bir vaqtning o‘zida o‘zbek yoki rus tildagi sharhlarni o‘z xohishlariga ko‘ra tanlagan holda, tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Futbol translyatsiyalaridagi bunday innovatsion yangilik nafaqat O‘zbekistonda, balki MDH davlatlari ichida ham birinchi bor yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidlab o‘tish kerak.

Ma’lumki, “UZREPORT TV” telekanali dastlab futbol uchrashuvlari translyatsiyasini rus tilidagi sharhlarda efirga uzatdi. Keyin esa tajribali sharhlovchilar guruhini shakllantirgan holda o‘zbek tilidagi sharhlar ham yo‘lga qo’yildi.

“UZREPORT TV” telekanali muxlislarning umumiy auditoriyasi ehtiyojlarini inobatga olgan holda, futbol o‘yinlari translyatsiyasini bir vaqtning o‘zida ikki tilda – o‘zbek va rus tillaridagi sharhini yo‘lga qo‘ydi. Telekanalimiz muxlislari futbol o‘yinlarini qaysi tildagi sharhda tomosha qilishni o‘zlari tanlashlari mumkin bo‘ladi.

“Hozircha Yamal 401 sun’iy yo‘ldoshi hamda “O‘zbektelekom” AKning “Telekom TV” IPTV xizmati orqali telekanalimizni tomosha qilayotgan muxlislar ushbu imkoniyatdan foydlanishlari mumkin”, — deydi “UzReport TV” telekanali texnik direktori Saidumar Xodjayev.

Eslatib o‘tamiz, Yevro-2016 o‘yinlarining pley-off bosqichidan boshlab finalga qadar Rossiyaning “MATCH TV” telekanali sharhlovchisi Aleksandr Yelagin yurtimizga tashrif buyurgan holda, “UzReport TV” telekanali orqali sharhlab boradi.

“Texnik jihatdan amalga oshirilgan ushbu yangiligimiz bosqichma-bosqich kengaytirilib boriladi. Kelgusida teletomoshabinlar nafaqat futbol o‘yinlarini, balki “UZREPORT TV” telekanalidagi barcha dasturlarni bir vaqtning o‘zida rus yoki o‘zbek tillarida tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi Saidumar Xodjayev.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq