Infox 2.0 — elektron axborot va hujjat almashinish tizimi
11.06.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi dasturchilari Infox 2.0 — elektron axborot va hujjat almashinish tizimini yaratdilar. Dasturiy mahsulot muassasalar orasida ma’lumotlar almashinishi, hujjatlarni bajarilishini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan.

OTM tomonidan belgilangan mas’ul shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish; oliy ta’lim muassasalarini elektron kartotekalarini ro‘yxatdan o‘tkazish; topshiriqlar kartochkalarini tuzish, tahrirlash, ijrochini tayinlash (oliy ta’lim muassasasida), ijrochining elektron pochtasiga topshiriq tayinlanganligi haqida xabarni jo‘natish, ijrochining elektron hujjatlarni qabul qilish vaqtini nazorat qilish, hujjatlarni ro‘yxatga olish, kartochkalar atributlarini to‘ldirish, jo‘natilgan hujjatlar soni haqida umumlashtirilgan onlayn hisobotlarni yig‘ish, OTMga hujjatlarni, buyruqlar nusxalarini, xatlarni o‘z vaqtida yetkazib berish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda OTM o‘rtasida elektron xabarlar almashinuvi kabi funksional imkoniyatlari mavjud.

Mualliflar — Kurbanov Ruslan, Xamidov Umid va Abulov Nodirga ushbu tizim uchun № DGU 03643 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq