Milliy mobil operatori vakillari bilan uchrashuv
10.06.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 7 iyun kuni «Elektron hukumat» markazida “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filiali vakillari ishtirokida Filial hamda Markaz o‘rtasida 2016 yil 16 may kuni imzolangan Memorandum asosida belgilangan strategik hamkorlikning yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.

gov_10_06_2016

Uchrashuv davomida bir qancha hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar, jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining foydalanuvchilariga SMS-xabarnoma, USSD-kontent bo‘yicha xizmatlarni ishlab chiqish, portal bilan mobil aloqa operatorining texnik qurilmalarini integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mobil elektron raqamli imzo loyihasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari beglilab olindi.

Uchrashuv yakunida masalalarni amalga oshirishga mas’ul shaxslar va muddatlar tayinlandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq