Mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha biznes jarayonlar reinjiniringi uchun turli imkoniyatlarni ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan davra suhbati
08.06.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

gov_8_06_2016

Joriy yilning 7 iyun kuni «Elektron hukumat» markazida O‘zbekistonda mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar taqdim etish bilan bog‘liq biznes jarayonlar reinjiniringi o‘tkazish uchun turli imkoniyatlarni ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv Osiyo taraqqiyot bankining «Samarali davlat boshqaruvi uchun elektron hukumat» texnik hamkorlik loyihasi doirasida, loyihaning xalqaro maslahatchisi Andre Kvitovskining ishtirokida o‘tkazildi. Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — «Mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish» xizmatini ko‘rsatishda eng maqbul modelini ishlab chiqish uchun zarur o‘zgarishlarni aniqlashga bag‘ishlandi.

Davra suhbati davomida mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, to‘liq maqbullashtirilgan «Mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish» xizmatini amalga oshirish, uning tartibotini ishlab chiqish hamda mol-mulkni ro‘yxatga olish bilan bog‘liq boshqa savollar ham muhokama qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq