Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbir belgilandi
08.06.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

«Elektron hukumat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini amalda tatbiq etish doirasida 2016 yilning 2 iyun kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi qarorni qabul qilindi. Hujjatda davlat xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish jarayonida ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish, aholi va biznes vakillaridan talab qilinadigan hujjat va so‘rovlarni qisqartirish, xizmat ko‘sratish jarayonini soddalashtirish, shuningdek davlat organlari hujjatlarini yagona shaklga keltirish kabi vazifalar belgilab berilgan.

Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish tartibi bir necha bosqichdan iborat. Avvaliga aholi va biznes vakillariga ko‘rsatiladigan, talab yuqori bo‘lgan xizmatlar tahlilllar asosida aniqlab olinib, samarali xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq to‘siqlar o‘rganiladi.

Shundan so‘ng elektron xizmatlarni ko‘rsatishning eng maqbul usuli ishlab chiqilib, so‘ng qonunchilik doirasida jamoatchilik va ekspertlar fikr-mulohazasi asosida takomillashtiriladi.

Ayni paytda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning qoshidagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi, BMTning Taraqqiyot dasturi, Osiyo taraqqiyot banki, xalqaro ekspertlar bilan birgalikda bir qancha davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish yuzasidan hamkorlik olib bormoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq