Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqini mavzusida uchrashuv
06.06.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

gov_6_06_2016

Joriy yilning 3 iyun kuni “Elektron hukumat” markazida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “LG SNS UZBEKISTAN” qo‘shma korxonasi vakillari bilan hamkorlikda “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqini”ni yaratish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda loyiha menejeri janob Kim De Ok taqdimot bilan ishtirok etib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yangi talqinining dasturiy ta’minoti LG CNS UZBEKISTAN kompaniyasi tomonidan 2016-2017 yillarda ishga tushirilishi va uning bosqichlari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Xususan, loyiha bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, bunda elektrob davlat xizmatlarining to‘lov tizimini portal orqali amalga oshirish bo‘yicha ishlar rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

Taqdimot yakunida loyiha bo‘yicha barcha bosqichlar amalga oshirilganidan so‘ng tranzaksion shaklda xizmatlar joriy etilishi alohida belgilab qo‘yildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq