“O‘zbekiston markalarida sport” turkumining chiqarilishi haqida
30.05.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 23 maydan “O‘zbekiston markalarida sport” turkumining maxsus pochta markalari muomalaga kiritildi.
Pochta markalari Pio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXI Olimpiada va XV Paralimpiya o‘yinlariga bag‘ishlangan.
Pochta markalarida: shtangachi va uzunlikka sakrayotgan sportchi tasvirlangan.
Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchamlari 42×30 va 30×42 mm. Adadi 8 ming nusxa.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.
![]() |
![]() |
|
№ 1159 | № 1160 |
1159.“XXXI Olimpiada o‘yinlari Rio-de-Janeyro”. Nominali — 1900 so‘m.
1160. “XV Paralimpiya o‘yinlari Rio-de-Janeyro”. Nominali — 2100 so‘m.
Dizayner — Kaneves E.