“O‘zbekiston faunasi” pochta markalari turkumining chiqarilishi haqida
30.05.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

pochta_30_05_2016_2

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 23 maydan “O‘zbekiston faunasi” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 2 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan va O‘zbekiston hududida yashaydigan hayvonlar tasvirlangan.

Pochta blokida 1 ta pochta markasi joylashgan. Pochta blokining yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘ZBEKISTON FAUNASI” yozuvi joylashgan. Hayvonlarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37×37 mm. Pochta blokining o‘lchami 100×90 mm. Pochta blokidagi pochta markalarning o‘lchami 37×37 mm.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

pochta_30_05_2016 pochta_30_05_2016_1
№ 1156 № 1157

1156. «Latrodectus tredecimguttatus» (Qoraqurt) Nominali – 1500 so‘m
1157. «Testudo (Agrionemys) horsfieldii» (Cho’l toshbaqasi) Nominali – 1900 so‘m

Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan.

pochta_30_05_2016_2

№ 1158

1158. «Coracias garrulus»(Ko’k qarg’a) Nominali – 2100 so‘m.

Pochta blokining adadi 5 ming nusxa.

Rassom – Kim A.

Dizayner – Kaneves Ye.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq