“Flora. O‘zbekistonning noyob o‘simliklari” pochta markalari turkumining chiqarilishi haqida
30.05.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

pochta_30_05_2016_5

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 23 maydan “O‘zbekiston florasi” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 2 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘sadigan dekorativ va yovvoyi o‘simliklar tasvirlangan.

Pochta blokida 1 ta pochta markasi joylashgan. Pochta blokining pastki qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘ZBEKISTON FLORASI” yozuvi joylashgan. Gullarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37×37 mm. Pochta blokining o‘lchami 90×70 mm. Pochta blokidagi pochta markalarning o‘lchami 37×37 mm.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

pochta_30_05_2016_3 pochta_30_05_2016_4
№ 1153 № 1154

1153. «Capparis spinosa» (Каvar-tikanli buta). Nominali – 1300 so‘m.
1154. «Datura metel» (Bangidevona) Nominali – 1500 so‘m.

Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan.

pochta_30_05_2016_5

№ 1155

1155. «Paeonia tenuifolia» (Sallagul).  Nominali – 2500 so‘m.

Pochta blokining adadi 5 ming nusxa.

Dizayner – Kartsevich Ye.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq