IUT talabalari “Yurt kelajagi” tanlovida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar
29.05.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universitetining (IUT) talabalari “Yurt kelajagi” respublika iqtidorli yoshlar tanlovining Mirzo Ulug‘bek tumani bosqichida “Axborot texnologiyalari, ratsionalizatorlik takliflar va texnik ishlanmalar” yo‘nalishida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.

Eslatib o‘tamiz, “Yurt kelajagi” respublika iqtidorli yoshlar tanlovi «Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladi.

Tanlov O‘zbekistondagi minglab iqtidorli yigit-qizlarini kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, chekka-chekka hududlarda istiqomat qilayotgan yoshlarning ilm-fan, san’at va zamonaviy texnologiyalar borasidagi izlanishlarini munosib baholash, rag‘batlantirish hamda kelgusidagi faoliyatlarida ko‘mak ko‘rsatish maqsadini ko‘zlaydi.

Ikkinchi bosqich talabasi Rashid Tojiboyev ushbu tanlovda Health Care Companion (Sog‘liqni saqlash uchun hamroh) dasturi bilan ishtirok etdi va birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

“Bu dastur foydalanuvchiga o‘zining kundalik oziq-ovqat iste’moli  me’yorini kuzatib borgan holda parhezga rioya qilishiga yordam beradi,” – dedi Rashid Tojiboyev.

Shu bilan birga, IUTning ikkinchi bosqich talabasi Muzaffar Mahkamov ushbu tanlovda

www.keepgoing.uz veb-sayti bilan ishtirok etdi va ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarni AKT va boshqa sohalardagi tanlovlarda faol ishtirok etishga chaqiradi. Bunday tanlovlar talabalarning bilimlarini yanada yaxshilashga va tajriba ortishlariga ko‘mak beradi.

Manba: press-reliz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq