«FUNNY PHYSICS» Elektron qo‘llanma
28.05.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«FUNNY PHYSICS» «QIZIQARLI FIZIKA» (ingliz tilida) elektron qo‘llanma» dasturi oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida fizika ta’lim yo‘nalishi talabalar uchun ingliz tili fanining o‘quv dasturi va fanni o‘qitishning zamonaviy usullari asosida yaratilgan.

Elektron qo‘llanmada havo, suv, mexanik energiya va mashinalar, issiqlik, tovush, yorug‘lik, elektr va magnetizmga oid qiziqarli hodisalarning tavsiflari, shuningdek, gorizontga burchak ostida otilgan jism harakati, so‘nuvchi tebranishlar, interferensiya, atomda elektronlarning harakati kabi qiziqarli fizik hodisalarning animatsiyalari keltirilgan. Foydalanuvchi dastur yordamida fizik hodisalarni kuzatishi, bu hodisalarning ingliz tilidagi tavsiflarini ko‘rishi va eshitishi hamda mustaqil xulosalar chiqarishi mumkin. Dasturning til o‘rganishdagi ahamiyati shundaki, unda nafaqat o‘qib tushunish, balki eshitish va ko‘rib idrok etish foydalanuvchilarga bunday so‘zlar ma’nosini tez ilg‘ab olishga yordam beradi.

Mualliflar jamoasi — Moydinova Shoxida, Abidova Aziza, Sodikova Sevinch, Yakubova Maxbuba, Abduraxmonova Ra‘noxon, Djabborova Zulfiya, O‘rinboyeva Guluzro, Djumaboyeva Moxira, Vositov Valijon, Ibragimova Gulchexra va Nosirov Murodga ushbu qo‘llanma uchun № DGU 03600 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq