Elektron raqamli imzo bilan ishlash dasturi o‘zgardi (ERI moduli)
27.05.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

gov_27_05_2016

Yagona portal foydalanuvchilariga elektron raqamli imzo bilan ishlashda yanada qulaylik yaratish maqsadida dasturiy ta’minot yangilandi. Yangi «E-Imzo» elektron raqamli imzo moduli barcha yangi brauzerlar va Windows (shuningdek Windows XP) operatsion tizimida ishlash imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, shu paytgacha Yagona portalga elektron raqamli imzo orqali kirish uchun foydalanilgan «Otchet.uz» brauzeri endilikda talab etilmaydi, chinki E-Imzo yagona dasturiy kompleksi foydalanuvchini ham ro‘yxatdan o‘tkazish ham murojaatni imzolash imkonini yaratadi. Shuningdek, elektron raqamli imzodan foydalanganda oldin ochiq kalitni (sertifikat) yuklab olish talab etilgan bo‘lsa, E-Imzoni ishga tushirililishi orqali bunga hojat qolmaydi.

Ta’kidlash joizki, E-Imzo moduli faqat Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan berilgan elektron raqamli imzo yordamida ishlaydi. Shu sababli, UNICON.UZ kaliti foydalanuvchilari yangilangan kalitni olish uchun yaqin oradagi Davlat soliq idoralariga murojaat qilishlari lozim.

Hurmatli foydalanuvchi!

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq elektron raqamli imzo davlat organiga yuborilayotgan murojaatlarning yuridik maqomga ega bo‘lishida muhim omil hisoblanadi.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan beriladigan elektron raqamli imzoni olish hamda «E-imzo» modulini o‘rnatish va undan foydalanish tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://my.gov.uz/uz/page/ecpmodule.html.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq