Архивы за 27 мая 2016
Yo‘q qilish bojxona rejimi ostida tovarlarni joylashtirishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish
27.05.2016
Rukn: Yangiliklar.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan ishga tushirilgan yangi xizmat Yagona portal orqali foydalanuvchilarga yo‘q qilish bojxona rejimi ostida tovarlarni joylashtirishga raqami va sanasi hamda yo‘q qilish to‘g‘risidagi dalolatnomaning taqdim etish muddati ko‘rsatilgan ruxsatnomani olish yoki ruxsatnoma berishni rad etilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani olish imkoniyatini beradi.

Muallif: .
Ta’lim jarayonida AKT: afzalligi va salbiy ta’siri
27.05.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.

Davlatimiz Rahbarining tashabbusi bilan 2016-yil mamlakatimizda “Sog‘lom ona va bola” yili deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan qabul qilingan Davlat dasturida qator dolzarb vazifalar belgilangan bo‘lib, ularni amalga oshirishda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish hamda AKTning joriy etilishi muhim ahamiyatga molikdir. Sahifamizda qator umumta’lim maktablari va kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari tomonidan ta’lim jarayoniga AKTning joriy etilishi, taqdim etayotgan imkoniyatlar va ularning ijobiy hamda salbiy ta’sirlari haqida fikr yuritiladi. 

Muallif: .
Raqobat muhitini aloqa xizmatlari bozorida yaratish – rivojlanishning asosiy omillaridan biridir
27.05.2016
Rukn: Internet.

raq_27_05_2016

Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya etish sharoitida aloqa xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish soha oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu jarayon negizini sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish, aloqa sohasi xodimlarining moddiy manfaatdorligi va mehnat unumdorligini oshirish, respublika aholisiga zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan aloqa xizmatlarining yangi turlarini taqdim etish kabi vazifalarni tashkil etadi. Respublikada xizmat ko‘rsatish salohiyati va raqobatbardoshligini oshirish jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida o‘ta dolzarb masalaga aylanmoqda.

Muallif: .