InfoCOM.UZ nashriyoti «Kitob bayrami»da ishtirok etmoqda
26.05.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

inf_26_05_2016

2016-yil 26-28 may kunlari O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va bir qator tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda viloyat markazlarida ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir «Adabiyotga e’tibor — kelajakka, ma’naviyatga e’tibor» shiori ostida Respublika «Kitob bayrami» o‘tkazilmoqda. Bizning nashriyotimiz an’anaga muvofiq Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘idagi bayram tadbirida ishtirok etmoqda.

inf_26_05_2016_1

Mazkur ma’naviy tadbirni tashkil etishning bosh maqsadi quyidagilardan iborat: O‘zbek adabiyoti orqali xalq ma’naviyatini yuksaltirish, hamda adabiyotga, ma’naviyatga, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ulug‘lashga davlat darajasida berilayotgan e’tiborni keng jamoatchilikka yaqindan yetkazish; Yosh avlodning ongu shuuriga milliy mustaqillik g‘oyalarini singdirish va Ona — Vatanga yuksak sadoqat ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shish;Yoshlarni intellektual rivojlangan va ma’nan barkamol qilib voyaga yetkazishda kitobning o‘rni va ahamiyatiga va kitob mutolaasi madaniyatiga e’tiborini kuchaytirish; Aholining, ayniqsa, yoshlarning milliy adabiyotimizga va jahon adabiyoti durdonalariga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda oilaviy kitob o‘qish an’analarini targ‘ib qilish, yozuvchi va kitobxon o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish kabilardan iborat.

inf_26_05_2016_2

Bayram doirasida o‘quvchi bilan adiblarning bevosita muloqotlariga alohida o‘rin berilgan bo‘lib, nashriyotlar taklif etgan taniqli adib va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar, mushoiralar o‘tkazadilar. Istirohat bog‘ining turli hududlarida tashkil etilgan maxsus maydonchalarida “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan turli yangi kitoblar taqdimotlari; turli sovrinli intellektual o‘yin va viktorinalar; ijtimoiy so‘rovnoma; kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

inf_26_05_2016_4

Respublika «Kitob bayrami»ning ikkinchi kuni, ya’ni 27 may kuni «Kitob — millatning bebaho madaniy va ma’naviy merosi» mavzuida IV ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Ushbu konferensiyaning tashkilotchilari — Matbuot va axborot agentligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika Ma’naviyat va targ‘ibot markazi va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatidir.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq