Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
23.05.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Aloqa axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda joriy yil 12 mayda Mirzaobod tuman hokimligining katta majlislar zalida tashkilotlar va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazdi.

Tadbirda tumandagi 10 nafar korxona va tashkilotlar, 2 nafar mahalla fuqarolar yig‘inidan vakillar, 20 nafar ishbilarmon tadbirkorlar va 20 nafar kasb-hunar kollejlari bitiruvchi o‘quvchilari, jami 52 nafar ishtirokchi qatnashdilar.

Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 9 dekabrdagi “Elektron hukumat” to‘g‘risidagi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2015 yil 28 sentabrdagi “Bir darcha” tamoyili asosida tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2412 son hamda “Yagona darcha” tamoyili asosida tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazlari tomonidan tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan 16 turdagi davlat xizmatlar ko‘rsatish tartiblari to‘g‘risida taqdimot ma’ruza qilinib, keng tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirok etgan tadbirkor va fuqarolarga ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq