«O‘zbektelekom» AK korxona va filiallari o‘z loyihalarini IX innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida namoyish etdi 
17.05.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

tel_16_05_2016

11-13 may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” OAJ MKM majmuasida IX Innovatsion g‘oyalar, texnologiya va loyihalar Respublika yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Yarmarkada «Axborot texnologiyalari» bo‘limida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi korxonalari bir necha stendlarda namoyish etildi. Yarmarkada «O‘zbektelekom»  aksiyadorlik kompaniyasi o‘z qo‘shma korxonalari hamda filiallarining 9ta loyihalarini namoyish etdi.

tel_16_05_2016_1

«O‘zbektelekom» AK stendida «O‘zbektelekom» AK ishtirokida tashkil etilgan qo‘shma korxonalarning  O‘zbekistonda ishlab chiqilgan mahsulotlari namoyish etildi, bundan tashqari, kompaniya filiallari o‘z innovatsion yechimlari va loyihalarini taqdim  etildi.

tel_16_05_2016_2

«Broadband Solutions» MCHJ QK «Jizzax» EIZ hududida zamonaviy qurilmalarni shlab chiqaruvchi korxona sifatida MxU Equipment Cabinet: S300 ixtisoslashgan telekommunikatsiya shkafi va ONT HG8245H – abonent terminalini namoyish etdi.

MxU Equipment Cabinet: S300 ixtisoslashgan telekommunikatsiya shkafi

SmartAX MxU (qisqacha MxU) oilasi turli xususiyatlarni qo‘llab-quvvatlaydi, yuqori ishonchlilikka ega va atrof-muhitga moslashuvchan. MxU – an’anaviy uy foydalanuvchisidan yangi biznes turlariga qadar, barcha holatdagi ulanish talablariga muvofiq, kengpolosali va torpolosali, shuningdek, xususiy liniyaga ulanish xizmatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. MxUdan optik-tolali tarzda binoga qadar (FTTB), optik-tolali kommutatsion shkafgacha (FTTC) va optik-tolali eshikkacha (FTTD, Xitoyda — FTTHQ) foydalanilishi mumkin. MxU “plug — and — play” funksiyasiga ega bo‘lib, operatorga ish yuritishni tezroq ta’minlash, samarali foydalanish va belgilangan tarzda xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun shkafga MA 5616 i MA 5603T uskunasini o‘rnatish mumkin.

ONT HG8245H – abonent terminali  
EchoLife ONT bino ichida foydalaniladi (ONT), uy-xonadonlarda foydalanishga mo‘ljallangan GPON terminali optik tarmoq terminali bo‘lib hisobanadi. ONT ko‘rkam dizaynga ega va energiya iste’moli jihatidan samarali. Iste’molchining talablarini turli holatda ham qondirib, uni qulay joyga joylashtirish yoki devorga mahkamlash mumkin. Gigabit texnologiyasi yordamida – Passive Optical Network (GPON)ni qo‘llab-quvvatlash asosida,  ONT yuqori tezlikdagi ma’lumotlar uzatishni bir optik-tolali ma’lumotlar uzatish tezligi 1.244 Gbit/s orqali va 2.488 Gbit/s past tezlikdagi kanalga ma’lumotlar uzatish kanalini ta’minlaydi. Shu tariqa, yuqori tezlikdagi ma’lumotlar uzatish xizmatidan, sifatli ovozli servislar, eng asosiysi, video servislardan foydalanish imkoni yuzaga keladi.

tel_16_05_2016_3

OLT Equipment MA 5608T

tel_16_05_2016_4

MA 5608T – gigabitli passiv optik tarmoqqa (GPON) ulanish integratsiyalangan optik qurilmasi. Bu dastlabki optik liniyali terminallar (OLT) sohasi bo‘lib, o‘zida o‘ta yuqori agregatsiyalar va kommutatsiyalarni birlashtirishga qodir, 3.2T o‘tkazish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, kommutatsiya sig‘imi 960G, 512 ming MAC-manzil, 44-ulanish kanali 10 GE yoki GE 768 portlarini tashkil etadi. Yuqori ishonchililkka: avariyadan keyin rezervlangan va masofadan tiklanuvchi, oddiy yangilanuvchi xususiyatga, QoS va konstruktsiyasi, yuqori ishonchlilikni ta’minlovchi (DR)OLT ikki bog‘lamali klasterga ega.

Ulanish usullarining ko‘pligi: E1 xususiy aloqa liniyalariga ulanish, TDM (CESoP/SAToP), E-LAN tabiiy mexanizmlari va IP-TV foydalanuvchilarining nokonvergent ulanishi; Doimiy taraqqiyoti: GPON,10G PON va 40G PON uchun yagona platforma  doimiy taraqqiy etib borishni ta’minlaydi, IPv4/IPv6 ultrakengpolosali ulanish va ikkilama protokolli stekni qo‘llab-quvvatlaydi; Ekologikligi va energiya sarfida samaraliligi: faol bo‘lmagan platalardan manbaning avtomatik ravishda uzilishi va ventilyator aylanish tezligining avtosozlanish tezligi energiya iste’molini kamaytiradi.

«Olive Telecom» QK – “O‘zbektelekom» AK UZMOBILE filiali abonentlari uchun CDMA 450 standartida mobil telefonlar, shuningdek,  IPTV uchun televizion pristavkalar  va planshetlar ishlab chiqaruvchi mamlakatimizning ishlab chiqaruvchi korxonasi tomonidan yarmarkada F688 CDMA 450 Multi HK-F688 mobil telefoni namoyish etildi.

tel_16_05_2016_5

CDMA — GSM kabi alohida mobil qloqa standartidir. GSM va CDMA orasidagi farq katta, biroq umumiy xususiyatlari mavjud. Umumiy xususiyati – bu tarmoqlarni mobillik asosida qurilganligidir. Farq signallarni uzatish va qabul qilish tamoyillaridan boshlanadi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi uchun moslashtrilgan mobil telefonlari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. Ulardan biri F688 CDMA 450 Multi HK-F688 mobil telefoni bo‘lib hisoblanadi.

tel_16_05_2016_6

Telefon katta rangli displey, grafik menyuga ega bo‘lib, 2 MP kamera, spikerfon va yaxshi funksiyalar jamlanmasi bilan to‘liq holda ekranda 2.5’ JKga kichrayadi. Aslida – bu klassik dizaynga ega bo‘lgan, klassik apparat bo‘lib, sifatli jamlangan va yuqori sig‘imli akkumulyator batareyasiga ega qurilmadir.

tel_16_05_2016_7

«Telecom Innovations» QK — «Navoiy» EIIHda joylashgan bo‘lib, “O‘zbektelekom» AK abonentlari va ATS uchun ADSL-modemlari va DSLAM-qurilmalari, “O‘zbektelekom» AK abonentlari va ATS uchun optik konsentratorlar, «set-top-box» raqamli televideniya priyomniklari, boshqa operatorlik va abonentlik qurilmalari ishlab chiqariladi.

«Telecom Innovations» QK yarmarkada TI-AB-U48 – IP protokoli bo‘yicha uzatiladigan raqamli kabel televideniyasi signallarining priyomnigi(qabul qilgich qurilmasi)ni namoysh etdi.

tel_16_05_2016_8

Priyomnik – IP protokoli bo‘yicha uzatiladigan raqamli kabel televideniyasi signallarini qabul qilish va  televizion priyomniklar namoyish etadigan video va audio signallarini qayta tashkl etish  uchun mo‘ljallangan. Priyonik ko‘rsatkichlarini boshqarish  yuqori panelida joylashgan  klavish va/yoki simsiz qurilmalar  yordamida amalga oshiriladi.

«O‘zbektelekom» AK «Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi» filiali yarmarkada «Ta’lim muassasalari kadrlarining malakasini oshirish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizim»ni namoyish etdi.

Tizim o‘quv kurslari ishtirokchilari ma’lumotlarini yuritish va boshqarishni tashkil etish, shuningdek, o‘quv kurslari faol holati va ishtirokchilarini ko‘rib chiqish, jadval va diagrammalar ko‘rinishida faol hisobot olish  imkonini beradi. Bundan tashqari, tizim yordamida o‘quv kurslari seminar va treninglari, shuningdek, ishtirokchilarning o‘quv kurslariga tashriflarini hisobga olish va nazoratini onlayn rejimda amalga oshirish ishlari avtomatlashtiriladi. Tizim o‘z  ichiga nafaqat o‘quv kurslari ishtirokchilarining, balki  o‘quv kurslari tashkilotchilari hamda ta’lim muassasasi xodimlarining nazoratini ham qamrab olgan. Tizim xodimlarga o‘zini hamda mustaqil nazorat qilish, o‘qish jarayonining axborotli ochiqligini oshirish uchun yangi servislarni taqdim etadi, shuningdek,  jarayonni operativ boshqarishni avtomatlashtiradi hamda osonlashtiradi.

“O‘zbektelekom» AK «TShTT» filiali yarmarkada «O‘zbektelekom» AK «TShTT» filiali elektr ta’minot obyektlari holatining monitoringgi»  loyihasini namoyish etdi.   Mazkur ishlanma haqiqiy vaqt miqyosi rejimida «TShTT» filiali (TsATS,MSAN,VK) telekommunikatsiyalar obyektida elektr ta’minot obyektlari holatining nazorat qilish imkonini beradi. O‘lchash natijalari tabloga kiritiladi. Metoriy holatga muvofiq yashil svetodiod yonadi. Qaysidir obyektda elektr ta’minot uzilishi sodir bo‘lsa, qizil svetodiod yonadi – yoki unga tovushli signalizatsiya qo‘shiladi. Avariyaviy holatdan xabar olgan nozir(dispetcher) operativ ravishda, nosozlikni bartaraf etish choralarini ko‘radi.

Yarmarkada «TShTT» filialining yana bir «Rejimli binolarga xodimlarni kiritishning raqamli tizimi» loyihasi namoyish etildi.

Hozirgi vaqtda binoga kirish mexanik kodli qulflar yordamida amalga oshiriladi, bu esa begona shaxslarning o‘tishini nazorat qilish imkonini bermaydi. Ishlab chiqilgan mazkur qurilma binoga xodimlar tashriflarini kontaktsiz raqamli kalitlar yordamida nazorat qilish imkonini beradi. Tizim kodli kalit va kodlashtirilgan radiosignallar vositasida avtomatik identifikatsiya qurilmasidan tashkil topgan.

Yarmarkada O‘zbekiston Mobil aloqa milliy operatori “O‘zbektelekom» AK UZMOBILE filiali «GPS harakatdagi  obyektlarni monitoring tizimi» loyihasini namoyish etdi.

tel_16_05_2016_9

GPS harakatdagi  obyektlarni monitoring tizimi – bu harakatdagi  obyektlarni geopozitsiyasini qayd etish tizimi bo‘lib, yo‘ldoshli navigatsiyalar, mobil texnologiyalar va/yoki radioaloqa, hisoblash texnikasi va raqamli karta tizimlari asosida qurilgan. Obyektlarning monitoringgi va trekinggi quyidagilardan iborat:

— haqiqiy vaqt rejimida obyekt joylashgan joyni aniqlash;
— berilgan yo‘nalish bo‘yicha obyektlar harakatini nazorat qilish;
— alohida obyektlar bo‘yicha  treklarni chiqarish;
—  ZOI (zarur zonalar) va POI (zarur nuqtalar), hodisalar nazoratini belgilash;
— yo‘nalishdagi harakat vositalaridagi tartib buzilish holatlarini qayd qilish va ularning profilaktikasi, tezlikni oshirish, yonilg‘ini quyish va boshqalar;

— obyektlar guruhini yaratish va boshqarish. Masofadan sozlash va bosharish:
— qurilmalarning olisdan DT konfiguratsiyasi va yangilanishi;
— trekerlarning masofaviy ishga tushirilishi va to‘xtatilishi;
— avtomobil dvigatelini ishga tushirishni blokirovkasi;
— yonilg‘i berilishining blokirovkasi;

— haydovchi bilan ikki tomonlama audio hamda videoaloqa va boshqalar. Hisobotlilik va xabardorlik bo‘yicha tizim:
— obyektning joylashgan joyi;
— yo‘l bosishi, yo‘l bosishga ketgan vaqt, tezligi va joylashgan joyi;
— to‘xtash va yo‘l davomiyligining amalga oshishi;
— yonilg‘i quyilishini amalga oshirish, sarfi va quyish imkoniyatlari;
— dvigateldagi moy darajasi va harorati, haydovchi tomonidan avtotransport dvigatelining o‘t oldirilishi va to‘xtatilishi;
— haydovchi tomonidan avtotransportga oid boshqa hisobot va ma’lumotlarning boshqarilishi.

Bu yilgi yarmarkada axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida jami 88ta innovatsion loyihalar namoyish etildi.

Mamlakatimizda o‘tkazilgan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi yangi ishlanma va g‘oyalarni hayotga joriy etishga yordam beradi, bu o‘z navbatida, iqtisodiyotda yangilanish, mahsulotlar turlari, hajmi va sifatini, eksport salohiyatini yanada oshirish imkonini beradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq