uMail.uz pochta xizmati – uch yil birgalikda
16.05.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

umail_16_05_2016

2013-yil 15-may kuni barcha tomonidan kutilgan uMail.uz pochta xizmati ishga tushirildi. Bu esa, elektron pochta, xususan, Uznet tarixiga nazar solishga yaxshi bohonadir.

  1. Matnli xabarlarni jo‘natish g‘oyasi EVM amerikalik universitetlarni bog‘lab turuvchi ilk tarmoqlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu to‘g‘risida Internet tarmog‘ida ko‘plab ma’lumotlar keltirilgan. 1972-yilda Rey Tomlinson @ belgisini foydalanuvchi nomini qabul qiluvchi manzilli kompyuter nomidan ajratishni birinchi bo‘lib taklif qilgan. Avval xatlar bilan ishlashda veb-interfeysini taklif qilgan va 1995-yilda ilk bepul butunjahon Hotmail.com pochtasini yaratgan Djek Smit va Sabir Bxatia dasturchilari elektron pochtada inqilobni ko‘tarishdi. 1997-yilda Microsoft pochtani bir necha yuz million dollarga sotib olgan. Aynan Hotmail pochta xizmatlarining ishlash tamoyillarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bulardan asosiy uchtasi quyidagilar:
  2. Dunyoning har qanday nuqtasidan kirish imkoniyatining mavjudligi.
  3. Maxsus dasturlardan – pochta mijozlaridan mustaqilligi.
  4. Eng muhimi – mutlaqo bepulligi.

Shuningdek, eng ommabop Yahoo! pochta xizmati (1997-yilgacha u RocketMail deb atalgan) mashhur qidiruv tizimi bilan bog‘liqligi ma’lum. Runet xizmati ham asta-sekinlik bilan kuch yig‘ishni boshlab, mashhur bo‘lgan Mail.Ru (1998-yil) va Yandeks-pochta (2000-yil)larida rusiy zabon foydalanuvchilari pochta qutilarini yaratishni boshladilar.

2004-yilning 1-aprel kuni o‘z pochtasini ko‘plab xizmatlarda, xususan Android mobil ilovalarida avtorizatsiya bilan bog‘lovchi Google tashkiloti tomonidan Gmail pochta xizmati ishga tushirildi. Darvoqe, forumlarda “pochta xizmatlarining yetarli darajada bo‘lishiga qaramasdan, qidiruv tizimidan yangi pochta xizmatining nima uchun kerakligi?” mavzularidagi suhbatlar esga tushadi.

Uznetda birinchi bepul pochta xizmatlari internet-provayderlari tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, Internetga boshqa provayderdan kirib bo‘lmagan. Xuddi shu tarzda, uzpak.uz pochtasi ishlagan. Keyinchalik, ushbu cheklovlar bekor qilinib, misol uchun, sarkor imya@xnet.uz pochtasini har qanday provayderdan tekshirish mumkin bo‘lgan. Yagona uznet pochtasini yaratish masalasi doimiy ravishda forumlarda ko‘tarilgan. Bir paytlar mashhur bo‘lgan Doda.uz portalida shunday pochta yaratilgan, shuningdek, 2005-yil Aleksey Litvinov tomonidan yaratilgan Inbox.uz pochta xizmati ham mavjud. VSS provayderi internet to‘lovlarisiz pochtadan foydalanish imkonini beruvchi freemail.uz xizmatini yaratishni rejalashtirgan. Bu urinishlar TAS-IX tarmog‘ida joylashgan, yagona bepul pochta xizmatini yaratish zarurligini yana bir bor ta’kidlaydi. Ayniqsa, forumlarda mail.ru da joylashgan davlat mansabdor shaxslarining pochta manzillari tanqidiy ravishda muhokama qilingan. Pochtaning zarurligi nafaqat foydalanuvchilar, balki aloqa sohasi rahbariyati tomonidan tushunildi.

Shu munosabat bilan 2011-yil 15-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3-son bayoni hamda 2011-yil 4-avgustdagi O‘AAAning 235-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida UZINFOCOM Markazi tomonidan elektron pochta tizimini ishlab chiqish va joriy qilish loyihasi yaratildi. 2013-yil qish faslida pochta xizmati yaratilayotganligi to‘g‘risidagi axborot uForum.uz da tarqalib, barcha foydalanuvchilar foydalanishga tayyor bo‘lgan pochta xizmatini testdan o‘tkazish uchun ularga pochta qutisini yaratishni so‘rab murojaat qilishdi.

2013-yilning 15-may kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi ko‘magida TAS-IX tarmog‘idagi Uznetdagi umumiy pochta — uMail.uz pochta xizmati ishga tushirildi. Uning afzalliklari:

— spamfiltr va antivirus himoyasi mavjud;

— qutini veb-interfeys (kengaytirilgan, planshet va mobil) hamda dastur-mijozlar orqali ishlatish mumkin;

— xatlar uchun papka yaratish, jo‘natish va ajratish, “oq” va “qora” manzillar ro‘yxati, xatlar ro‘yxatini chiqarish, xatlarni qayta ishlash tartibini o‘rnatish, turli parametrlar bo‘yicha saralash, xatlar ro‘yxatini (kengaytirilgan formatda) va belgilangan xat mazmunini birdaniga ko‘rish.

2013-yilning 16-iyun kuni pochta xizmatining o‘zbek tilidagi talqini ishga tushirildi.

2014-yilning fevral oyida uMail.uz pochta qutisida elektron xabar kelganligi to‘g‘risida xabar beruvchi bepul SMS-xabarnoma xizmati ishladi. Sozlamalarida xat kelib tushganidan keyin birdaniga yoki belgilangan vaqtda bildirgini o‘rnatish mumkin.

Pochta xizmatini joriy qilinishdan so‘ng birdaniga “pochta xizmatlarining yetarli bo‘lishiga qaramasdan, yana bitta pochta xizmati nimaga kerak?” degan tanqidlar paydo bo‘ldi. Shuningdek, qutining hajmi (200 Mb) kamligi ham tanqid qilindi. Servis foydalanuvchilar sonining tez o‘sib borishi tanqid va qo‘rquvlarni rad etdi. 2013-yilning oxirlarida 24 000 ta pochta qutilari ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi. 2014-yilning oxirida esa qutilar soni 129 000 tani tashkil qildi.

Hozirda (2016-yil 12-may holatiga ko‘ra) 334 681 pochta qutisi yaratilgan bo‘lib, talabalar, davlat organlari xodimlari, tadbirkorlar, nafaqadagilar, O‘zbekiston aholisining barcha toifalari undan foydalanmoqda. Darvoqe, Xitoyga safarga borib kelgan tanishim u yerda faqat uMail.uz pochta qutisi ishlashi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi.

Pochta xizmati doimiy ravishda rivojlanmoqda. 2014-yil bahor faslida pochta qutisining hajmi 200 Mb dan 1 Gbga ko‘tarildi. 2014-yil Mustaqillik kunida pochta qutisi hajmi 10 Gb ni tashkil qildi. Bu pochta xizmatini fayllar, hujjatlar va rasmlarni saqlash bazasi sifatida ishlatish imkonini beradi. 2014-yil 30-mayda ro‘yxatdan o‘tish soddalashtirildi: ID. UZ Yagona identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tishda birdaniga yangi pochta qutisini ochish mumkin. 2015-yilning birinchi choragida pochta xizmatining texnik imkoniyatlari mustahkamlanib, server uskunasi xarid qilindi va uni o‘rnatish hamda ishga tushirish ishlari olib borildi. Biroq foydalanuvchilar sonining o‘sishi va serverning ortiqcha yuklanganligi dasturchilar oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Shunga ko‘ra, oldingi platforma (IceWarp) masshtablashtirish, qo‘shimcha sozlamalar va antivirus bazalarini yangilash bo‘yicha imkoniyatlarini tugatganligi bois, birinchi may kuni yangi platformaga o‘tkazildi.

Bu o‘zining yuqori ishlab chiqaruvchanligi bilan ajralib turuvchi hamda Spamassassi – antispami va ClamA — antivirusi, mashhur Postfix va Dovecot xizmatlaridan foydalanuvchi, ochiq kodli dasturiy ta’minotidir. Antivirus va antispam bazalari har ikki soatda yangilanadi. Bundan tashqari, hozirda pochta xizmati to‘rtta o‘zaro almashtiriladigan serverlarda (klaster) ishlamoqda. Foydalanuvchilar ular orasida tasodifiy ravishda taqsimlanib, bu pochta xizmati va uMail.uz servisi veb-interfeysiga bo‘lgan yukni kamaytiradi.

Yangi interfeys sodda va zamonaviy. Oldin interfeys turini tanlash imkoni bo‘lsa (desktopli – kengaytirilgan, planshetnli yoki mobil), hozir esa bu avtomat tarzda amalga oshiriladi. Interfeys qaysi birida siz pochta bilan ishlayotgan bo‘lsangiz, shu qurilmaga moslashadi. Katta ekranda ishlash eng qulay rejim hisoblanadi. Biz qabul qilingan xatlar ro‘yxati va tanlangan xatning mazmunini ko‘rishimiz mumkin. Yangilangan pochta interfeysni “o‘zingiz uchun” qulay tarzda sozlash, shuningdek, xatlar yozishuvi bilan ko‘p ishlaydigan ishbilarmon va ijodiy insonlar uchun katta imkoniyatlarni yaratadi.

So‘nggi uch yilda pochta odatiy bo‘lib, Uznetni ommabop bo‘lgan uMail.uz pochta xizmatisiz tasavvur qilish qiyin. Servis dasturchilarning doimiy e’tiborida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Muallif: Zumrad Shadjalilova

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq