TATU da talabalar respublika fan olimpiadasi
16.05.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

tuit_16_05_2016

11-12 may kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 129-sonli buyrug‘iga asosan, «Kompyuter grafikasi” fanidan Talabalar Respublika fan olimpiadasining 2-bosqichi o‘tkazildi.

Olimpiadada respublikadagi 25 ta oliy ta’lim muassasalaridan mazkur fan bo‘yicha I-bosqichda g‘olib bo‘lgan 25 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Olimpiada musobaqalari Nizomga asosan 4 ta turda tashkil etildi.

tuit_16_05_2016_1

Talabalar 1-turda kompyuter grafikasining nazariy tushunchalari va matematik apparatiga oid, 2-turda kompyuter grafikasining amaliy dasturiy paketlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan test savollariga bevosita onlayn tarzda kompyuterda javob berib, o‘z bilimlari natijasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

3-bosqichda talabalar C++ dasturlash tili muhitida grafik imkoniyatlardan foydalangan holda berilgan multfilm qahramonini chizishdi. 4-bosqichda esa berilgan zamonaviy inshoot modelini uch o‘lchovli muayyan 3D dasturda yaratishdi.

tuit_16_05_2016_2

Barcha bosqichlar bo‘yicha talabalarning to‘plagan ballari Hakamlar hay’ati tomonidan xolisona baholandi. Natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni TATU Urganch filiali 3-kurs talabasi Yo‘ldoshboySultonov, 2-o‘rinni TATU 3-kurs talabasi JavohirAbdusalimov, 3-o‘rinni Nukus davlat pedagogika instituti 3-kurs talabasiO‘ktamjon Madaminovlar qo‘lga kiritishdi.

Talabalar respublika fan olimpiadasining yopilish marosimi tantanali tashkil eitldi, barcha ishtirokchilarga TATU nomidan sertifikatlar topshirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq