“Elektron hukumat” markazi “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filiali bilan hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzoladi
16.05.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

gov_16_05_2016

2016 yil 16 may kuni “Elektron hukumat” markazi va “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filiali o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi. Mazkur Memorandum aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini sifatli taqdim etish hamda davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida yuqorida nomlari qayd etilgan tomonlarning o‘zaro hamkorligini belgilab beradi.

Memorandumga muvofiq taraflar arizachining so‘rovini ko‘rib chiqish holati va xizmat ko‘rsatish natijalari xaqidagi ma’lumotlarni SMS-xabarnoma orqali xabardor qilishni joriy etish va amalga oshirish sohasida hamkorlik qilishadi. Shuningdek, birgalikda Mobil ID tizimini yaratish va yaxshilash hamda Mobil ERI (elektron raqamli imzo) tizimini ishlab chiqish va joriy etish xam ko‘zda tutilgan.

Ushbu Memorandumni imzolash davlat xizmatlarini aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilishi borasida hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi yana bir qadam hisoblanadi.

“Elektron hukumat” markazi mazkur yo‘nalishni yanada samarali rivojlantirish maqsadida, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan birga ochiq hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq