Davlat organlarining AKT bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘linmalari rahbarlarining “Haftalik kollegial seminari”
13.05.2016
Rukn: Yangiliklar, Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Joriy yilning 21 aprelidan boshlab “Elektron hukumat” markazida davlat boshqaruvi organlarining ixtisoslashgan bo‘linmalar rahbarlari uchun “Haftalik kollegial seminar”lar o‘tkazish amaliyoti joriy etildi.

gov_13_05_2016

2016 yil 12 may kuni “Elektron hukumat” markazida navbatdagi “Haftalik kollegial seminar” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘zdavenergonazorat” davlat inspektsiyasi va Gidrometeorologiya markazi faoliyatida AKT joriy etish va rivojlantirishdagi ijobiy tajribalar, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari tahlil qilindi.

Shuningdek, vazirlik va idoralar tomonidan davlat xizmatlari, shakl va blanklari Yagona reestrini shakllantirish, Ochiq ma’lumotlar portaliga ochiq ma’lumotlarni joylashtirish, 2016 yilga mo‘ljallangan davlat buyurtmalarining tarmoq jadvallarini bajarish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

gov_13_05_2016_1

Mazkur haftalik seminarlar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Haftalik kollegial seminarlar yillik rejasi va tematik dastur” jadvali asosida olib borilmoqda.

44 ta davlat boshqaruvi organlarining AKT bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘linmalarining rahbarlari muntazam ravishda ishtirok etayotgan “Haftalik kollegial seminar”larning maqsadi davlat boshqaruvi organlarining AKT bo‘yicha ixtisoslashgan tarkibiy bo‘linmalarining o‘zaro hamkorligini ta’minlash, tajriba almashish, mavjud muammolarning samarali echimlarini birgalikda izlab topish, hamkorlikda tajriba va malaka oshirish, shuningdek belgilangan vazifalar ijrosi holatini monitoring qilib borishdan iborat.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq