Ma’muriy jarayonlarning davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi o‘rni va ahamiyati
10.05.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Ma’muriy jarayonlar huquqiy davlat qurilishida hamda ommaviy boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’muriy jarayonlar haqidagi qonunchilikni uzoq muddatlardan buyon amaliyotda qo‘llab kelayotgan boshqa mamlakatlarda davlat boshqaruvi tizimi tegishli huquqiy tartibi, davlat organlari ochiqligi va davlat xizmatchilari va mansabdor kishilarning mas’uliyati bilan faqrlanadi.

Ma’muriy jarayonlar xizmat ko‘rsatish tartiblarini birxillashtirish, ko‘rib chiqish muddatlarini kuzatib borish va kechikish holatlarida javobgarlikka tortish, noqonuniy harakatlar bo‘yicha shikoyat qilishning aniq tartibini, xizmat ko‘rsatish sifatini baholashlarni o‘z ichiga oladi, hamda davlat xizmatidan foydalanuvchilar uchun oson va tushunarli hisoblanadi.

Ma’muriy jarayonlarning ahamiyati muhimligini inobatga olgan holda, 2015 yilda ma’muriy jarayonlar sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi “Ma’muriy jarayonlar haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Ma’muriy jarayonlar haqidagi bazaviy qonunning qabul qilinishi davlat organlarining faoliyatini hamda “qiyin” davlat xizmatlarini ko‘rsatishda idoralararo axborot hamkorligini tartibga solinishini ko‘zda tutadi, davlat xizmatlaridan foydalanish esa yanada tushunarli va ochiq ko‘rinishda bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida joylashtirilgan.

Ma’muriy jarayonlarning davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi o‘rni va ahamiyati haqida quyidagi havola orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq