Huawei kompaniyasi xodimlari fahriylarni tabrikladi
07.05.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
«Huawei» kompaniyasi xodimlari har yili fahriylarini yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadigan bayram 9-may – «Xotira va qadrlash kuni» bilan tabriklashni an’ana qilgan.
Bu yil ham kompaniyaning tashabbuskor guruhi Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan 14 nafar Ikkinchi Jahon urushi fahriylarining uylariga tashrif buyurib, sovg‘alar ulashdilar.
Mazkur tashabbusga kompaniyaning Bosh direktori, janob Van ham qo‘shilib, fahriylarni shaxsan tabrikladi.
«Men uchun fahriylarni tabriklab, jahondagi tinchlik uchun o‘z minnatdorchiligimni bildirishda – bu katta sharafdir. Fahriylar hamisha bizning ardog‘imizda bo‘ladilar va ularning mehnati bizga tinchlikning qadriga yetish uchun katta saboqdir», — deydi Van Pen fahriylardan birining uyiga tashrif buyurib.
Fursatdan foydalanib, «Huawei» kompaniyasi barcha yurtdoshlarimizni qutlug‘ bayram – «Xotira va qadrlash kuni» bilan muborakbod etadi. Xonadoningizdan tinchlik va baraka arimasin, azizlar!
Manba: kompaniya press-relizi