Filial Sotuv vakillari ishtirokidagi tadbir
04.05.2016
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

mob_4_05_2016

UZMOBILE GSM tarmog‘i ishga tushirilganiga bir yildan oshdi. Mobil aloqa milliy operatori tarmoq kengaytirish va qoplangan hududlarda esa qo‘shimcha kuchaytirilish ishlarini faol olib bormoqda. Shu bilan bir qatorda sotuv punktlari soni faol o‘sib bormoqda va bugungi kunda faqat Toshkent shahrida 20 ta kompaniya xizmat ko‘rsatish va sotuvlar ofislari, hamda butun mamlakat bo‘ylab 150dan oshiq Savdo vakillarining sotuv punktlari amal qilmoqda.

Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yashilash maqsadida “O‘zbektelekom” AK UZMOBILE filialida Sotuv vakillari ishtrokidagi tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida eng faol Savdo vakillari taqdirlandi.

Yil natijalariga ko‘ra eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan, filial rivojlanishi va UZMOBILE abonent bazasining o‘sishiga o‘z hissasini qo‘shgan Savdo vakillari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

mob_4_05_2016_1

Bo‘lib o‘tgan tadbirda abonentlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, shartnomalarni rasmiylashtirish qoidalari, noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish blanklari haqida tegishlicha ko‘rib chiqildi.Shartnomani to‘g‘ri to‘ldirish (manzil, pasport ma’lumotlari, xujjatlar nusxasi) mazvusi mahokama qilindi. Savdo vakillari va UZMOBILE filiali abonentlari orasida tuziladigan shartnomalarni rasmiylashtirish va ulani amalda qo‘llash haqida, hamda ularni to‘g‘ri to‘ldirish va ro‘yxatga olish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Shu savollar bilan bir qatorda voyaga yetmagan mijozlar va chet el fuqarolari bilan shartnoma tuzish shartlari yuridik tomondan tushuntirilib o‘tildi. Savdo vakillari hamda abonentlar huquq va majburiyatlari borasida, hamda bir mijozga 5 dan ortiq raqamlar rasmiylashtirish taqiqlangani to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq