O‘zbekiston Milliy kutubxonasida VII Talabalar Media-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
03.05.2016
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

lib_3_05_2016

2016 yil 28 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda Internet jurnalistika rivojining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan Talabalarning VII An’anaviy Media-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Milliy universiteti va DEKOS kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan konferensiyada OTM talabalari, uz24.uz, Gazeta.uz, Kun.uz, Daryo.uz Internet-portallari, hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

lib_3_05_2016_1

Moderatorlari, spikerlari va ma’ruzalar mualliflari talaba yoshlar bo‘lgan mazkur Media-konferensiyaning maqsadi — yosh tadqiqotchilarning kelgusida milliy Internet jurnalistika amaliyoti va nazariy asoslarini yanada rivojlantirish yo‘lida o‘z xissasini qo‘shishga imkoniyat yaratish, O‘zbekistonda Internet jurnalistika sohasini rivojlantirish va Internetni istiqbolli ommaviy axborot vositasi sifatida targ‘ib etish. Bu yilgi anjuman doirasida Internet-jurnalistika sohasining yetakchi texnologiyalarini o‘rganish, axborot sohasida Kraudsorsing va Kraudfanding texnologiyalarini tadbiq etish.

lib_3_05_2016_2

lib_3_05_2016_3

Talabalarning VII An’anaviy Media-konferensiyasini ochiq deb e’lon qilar ekan O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dekani M.S.Mirsoatova mazkur anjumanning O‘zbekistonda Internet jurnalistika sohasining rivojlanishi va bo‘lajak jurnalistlarning kasbiy faoliyatining shakllanishida tutgan o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida so‘zladi. “Bu tadbirning e’tiborli tomoni shundaki, unda talaba yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda Internet jurnalistika sohalari tajribali mutaxassislari bilan interfaol usulda o‘zaro fikr almashish, zamonaviy jurnalistika va media tizimining muammolari yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bildirish imkoniyati yaratiladi”.

lib_3_05_2016_4

“Kraudsorsing va kraudfanding nima?”, “OAVda kraudsorsing imkoniyatlaridan foydalanish”, “Kraudfanding muammolari va imkoniyatlari” mavzulariga bag‘ishlangan sho‘ba yig‘ilishlarida talabalar o‘z qiziqarli, ilmiy asoslangan va ko‘rgazmali taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. O‘z ma’ruzalarida ular Internet jurnalistikaning mazkur yangi atamalariga ta’rif berdilar, soha rivojiga dahldor dolzarb muammolarga e’tibor qaratdilar va ularni hal etish bo‘yicha o‘z tavsiya va takliflarini bildirdilar.

lib_3_05_2016_5

lib_3_05_2016_6

Ishtirokchilarning ma’ruzalaridan so‘ng eng yaxshi g‘oya muallifi, eng yaxshi spiker, eng yaxshi taqdimot, eng yaxshi moderator, eng yaxshi savol, eng yaxshi tashkilotchi, yil professionali, eng yaxshi axborot hamkori, tomoshabin tanlovi, eng yaxshi hamkor nominatsiyalari bo‘yicha ularni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblar tadbir tashkilotchilari tomonidan sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq