TATUda “Favvoralar kuni” bayrami
03.05.2016
Rukn: Tadbirlar, Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent nafaqat qadimiy obidalari, keng va ravon ko‘chalari, maxobatli ko‘priklari va muhtasham binolari bilan, balki, go‘zal favvoralari bilan ham yetakchi o‘ringa ega. Shaxar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan yuzlab favvoralar odamlar bahri-dilini ochishga xizmat qilishi bilan birga, mikroiqlim yaratib, mo‘’tadil xavoni ta’minlashga ham xizmat qiladi.

tuit_3_05_2016

Halqimizning me’morchilik san’atida favvoralar qurilishi ham alohida o‘rin tutadi. Xalqimizning bu boradagi yuksak bunyodkorlik salohiyati bugun ham dunyo e’tiborini tortib kelmoqda. Poytaxtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari bunga misoldir. Ayniqsa, mustaqillik maydonidagi, Oliy majlis konunchilik palatasi va Senati oldidagi favvorlar maftunkorligi bilan ajralib turadi. Poytaxtimizdagi favvoralarning ko‘pchiligi istiqlol yillari bunyod etilgan yoki qayta rekonstruksiya qilingan.Jumladan, bizning Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hovlisiga ham o‘zgacha ko‘rk berib turgan ushbu favvora 2011 yilda qurilgan.

tuit_3_05_2016_1

Bugun «Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbiri bizning universitetimizda ham o‘zgacha bir iftixor bilan o‘tkazildi. Barchaning ko‘nglida quvonch, qalbida hayajon. Talaba-yoshlarning el suygan san’atkorlar katorida badiiy chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

tuit_3_05_2016_2 tuit_3_05_2016_3

Bugungi sayildagi yoshlarga qarab turib, yurtimizda amalga oshirilgan va oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining natijasini ko‘rish mumkin. Yer ostidan ko‘kka qarab intilayotgan suv tomchilariga qarab esa, yurtimizning qudrati ham ko‘kka qarab bo‘y cho‘zayotganligini, uning yanada ulug‘vor ekanligini his etadi kishi.

tuit_3_05_2016_4 tuit_3_05_2016_5

Bunday favvoralar Toshkentning har bir go‘shasida mavjud. Shahrimizni tomosha kilgan kishini bir-biridan ko‘rkam favvoralar durlar sochib qarshilaydi. Jazirama kunlari ularning qadr-qimmati bisyor ekanligini xar birimiz dildan xis qilamiz. Suv sochib turgan favvoralar yurtimizning tinchligi, ko‘ngillar xotirjamligidan dalolat beradi. Zero tinchlik, xotirjamlik hukm surgan yurtdagina xalq bunyodkorlik ishlariga qodir bo‘ladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq