ZiyoNET portali tarkibida yangi sport sayti ishga tushdi
30.04.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

sport_30_04_2016

Uznet olamida sport saytlari juda ko‘p, ammo ularning ko‘pgina qismi futbolga bag‘ishlangan, boshqa sport turlari, musobaqalar va sport muassasalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida kompleks jamlagan saytlar yo‘q hisobi. ZiyoNET Resurs Markazi xodimlari tomonidan sportsevar o‘quvchi yoshlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda, yurtimizda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni muntazam yoritib boruvchi yangi sayt faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Unda sportni rivojlantirishga ixtisoslashtirilgan federatsiyalar, bolalar va o‘smirlar sport maktablari, olimpiya zahiralari va boshqa sport tashkilotlari haqida ma’lumotlar o‘z aksini topgan.

Mazkur sayt foydalanuvchilarga quyidagi qulayliklarni yaratadi:

Birinchidan, sport muassasalari saytlaridagi yangiliklar (RSS-feed orqali) yangilanib turiladi. Foydalanuvchi o‘z qiziqishiga ko‘ra RSS xabarlarini ma’lum bir sport turiga moslashtirish imkoniyati mavjud.

Ikkinchidan, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 33ta sport tashkilotlari (federatsiya, assotsiatsiya va boshqalar) to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar kiritilgan. Bunda har bir tashkilot rekviziti, manzili, rasmiy saytiga havola va aloqa telefonlari foydalanuvchi uchun juda qulaylik yaratadi.

Uchinchidan, 45tadan ortiq sport turlarining kelib chiqish tarixi, qoidalari haqida qiziqarli ma’lumotlar kiritilgan. “Trampolin(Трамполин)” sport turi haqida eshitganmiz, ammo bu sport  turi tarixi, uning qanday paydo bo‘lganligini ko‘pchilik bilmasligi mumkin, hoziroq sport.ziyonet.uz saytida tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.

Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, yurtimiz bayrog‘ini jahon sport arenalarida yuqoriga ko‘targan sportchilarimiz tarjimai hollari haqida “Bizning g‘ururimiz” blokida tanishishingiz mumkin.

Shunindek, mazkur saytda mamlakatimizda an’anaviy o‘tkazilib kelinayotgan «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» sport musobaqalari haqidagi ma’lumotlar ham kiritilgan

Saytni yaratishda chiroyli va nafis dizayndan, sodda tushunarli navigatsiya tizimidan foydalanildi.

Barcha ma’lumotlar o‘zbek (lotin va kiril) va rus tillarida foydalanuvchilarga taqdim etib boriladi.

Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal deydilar. http://sport.ziyonet.uz – ushbu havola orqali saytga kirib ko‘ring, talab va istaklariningiz bo‘lsa, ularni taklif sifatida “Qayta aloqa”  funksiyasi orqali qoldiring.

Muallif: Zumrad Shadjalilova

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq