Ochiqlikni ta’minlash va samarali huquqni qo‘llash amaliyotiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi
30.04.2016
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

29 aprel kuni poytaxtimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikda “Ochiqlikni ta’minlash: samarali huquqni qo‘llash amaliyoti” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda parlament deputatlari, vazirlik, idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari, axborot sohasining malakali mutaxassislari va olimlari ishtirok etishdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari va axborot xizmati xodimlariga mazkur qonun talablarini samarali qo‘llashga oid uslubiy tavsiyalar berish, axborot sohasida ochiqlikni ta’minlashda namuna bo‘layotgan yetakchi davlat organlari faoliyati bilan tanishtirishdan iborat.

Tadbirda ta’kidlanishicha, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida ochiqlikni ta’minlash borasidagi ishlarning istiqboldagi samaradorligini oshirish tegishli qonunosti hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish bilan bevosita bog‘liqdir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida”gi qarori va u asosida tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar alohida ahamiyatga ega.

Axborot resruslarini rivojlantirish borasida olib borilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida o‘tgan davrda davlat idoralarining veb-saytlari zarur darajadagi o‘sishga erishdi. Jumladan, ularning dizayni, axborot sifati va ko‘lami yaxshilanib, hamma kirishi va foydalanishi imkoniyatining yaratilganligi aholida davlat idoralari faoliyati va samarali ishlari to‘g‘risida holis tasavvurning shakllanishiga xizmat qilmoqda.

Seminar ishtirokchilariga qonunchilikka muvofiq, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati haqida jamoatchilikka axborot yetkazish usullari, xususan axborotni chop etish, internet tarmog‘idagi rasmiy veb sayt, hamma kirishi mumkin bo‘lgan xona va joyga joylashtirish, axborot-kutubxona va arxiv fondlari orqali taqdim etish, axborotdan foydalanuvchilar uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish imkoniyatini yaratish, axborot olishga doir so‘rovlariga javob berish kabi usullardan samarali foydalanishga doir tegishli tavsiyalar berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq