Yosh olimlarimiz safi kengaymoqda
28.04.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Saida Beknazarova umumtalim maktabini bitirib, o‘qishni davom ettirish uchun biror akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini tanlash haqidagi savol oldida ko‘p o‘ylab o‘tirmay, qalbidagi aloqa sohasiga bo‘lgan qiziqish turtkisi bilan aloqa sohasiga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejiga yo‘l olgandi. Mazkur kollejda aloqa sohasiga oid bilimlar olami uni yanada qiziqtira boshladi. Mana bugungi kunda uning qiziqishlari natijasi sifatida u aloqa sohasida fan doktori ilmiy darajasiga erishish uchun doktorlik ishini himoya qildi va texnika fanlari doktori ilmiy darajasi sohibiga aylandi.

yosh_28_04_2016

Saida Beknazarova 1986-yilda tug‘ilgan. 2003-yil Namangan muhandislik pedagogika institutining «Informatika va axborot texnologiyalari» ta’lim yo‘nalishiga Davlat granti asosida o‘qishga qa­bul qilinib, 2007-yilda mazkur institutni imtiyozli diplom bilan tamomlagan va «Informatika va axborot texnologiyalari» magistratura mutaxassisligida o‘qishni davlat granti asosida davom ettirdi. 2009-yilda magistr akademik darajasiga ega bo‘lib, 2009–2012 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida aspiranturada tahsil oldi. Mehnat faoliyatini Toshkent axborot texnologiyalari universitetining «Audiovizual texnologiyalari» kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimidan boshlab, ilmiy-pedagogik faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Hozirgi vaqtda 10 yillik ilmiy va 5 yillik pe­dagogik ish tajribasiga ega.

2007-yilda «Kompyuter grafikasi» fani bo‘yicha fan olimpiada­sining respublika bosqichida faxrli 3-o‘rinni egallagan. Shu yil Res­publika yoshlar tanlovining «Axborot-kommunikatsiya texnolo­giyalari» nominatsiyasi bo‘yicha respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan. 2008-yilda «Texnika va informatika »yo‘nalishi bo‘yicha 2008–2009 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipen­diyasi sovrindori bo‘ldi. 2008-yilda «Kamolot» YOIH tomonidan o‘tkazilgan «Yosh tadbirkor — yurtga madadkor» ko‘rik tanlovi g‘olibi bo‘lish baxtiga erishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qara­tilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2014-yil 6-fevral PQ-2124 sonli Qaroriga muvofiq, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan o‘tkazilgan «Yilning eng faol yosh mutaxassisi» tanlovining «Eng faol yosh dasturchisi» yo‘nalishi bo‘yicha 2014-yil g‘olibi bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, «Kamolot» YOIH tomonidan o‘tkazilgan «Yoshlarning innovatsion g‘oyalari respublika ko‘rik-tanlovi» g‘olibi bo‘ldi. 2015-yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan «Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi» tanlovi­ning «Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari» sohasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi bosqichida «Eng yaxshi pe­dagog-tadqiqotchi» nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan.

yosh_28_04_2016_1

Ilmiy ishlari axborot resurslariga TIAV-multimedia tizimlarida diskret-uzluksiz ishlov berish jarayonlarini modellashtirish usullarini o‘z ichiga olgan. Ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan jami 89tadan ortiq ilmiy maqola va risolalari chop etilgan, ulardan 8tasi EHM uchun yaratilgan dasturiy vositalarga O‘zbekiston Respublikasi davlat Patent idorasi va Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan guvohnoma, 5tasi monografiya, 76tasi ilmiy maqola, shundan 15tasi nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan va boshqalardir. Oxirgi 3 yil mobaynida 48ta ilmiy ishi, shundan 26tasi xorijiy nashrlarda chop etilgan. 7ta davlat granti (ITD-5) asosida izlanishlar olib borgan. Bakalavriatura va magistratura talabalariga media-loyihalarni dasturlashtirish, mass-media kommunikatsiyasi, universitetda mediata’lim texnologiyalari, kompyuter grafikasi va dizaynning dasturiy amaliy paketlarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni yaratgan. Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 15 nafar bakalavr va bir magistrlik ishiga ilmiy rahbarlik qilgan.

Saida Beknazarova yuqorida sanab o‘tilgan ilmiy-pedagogik faoliyatining natijasi sifatida 2015-yil dekabr oyida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va O‘zbekiston Milliy universi­teti huzuridagi Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 16.07.2013. T/FM.29.01 raqamli ilmiy kengashning majlisida «Axborot resurslariga TIAV-multimedia tizimlarida diskret-uzluksiz ishlov berish jara­yonlarini modellashtirish usullari» (texnika fanlari) mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi: «Axborot resurslariga TIAV-multimedia tizimlarida disk­ret-uzluksiz ishlov berish jarayonlarini modellashtirish usullari». Tadqiqot ishi: Toshkent axborot texnologiyalari universitetida amalga oshirilgan Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

yosh_28_04_2016_2

Tadqiqotning maqsadi: interaktiv dasturiy ta’minotni boshqa­rish asosida ovozli, matn, videolavha, tasvir ko‘rinishidagi axborotlarning o‘zaro munosobatlarini ta’minlovchi TIAV-multimedia ti­zimlaridagi axborot resurslariga ishlov berishning diskret-uzluksiz jarayonlarini boshqarish muammolariga mo‘ljallangan qaror qabul qilish modellari, konstruktiv usullari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat. Dissertatsiya tadqiqotlari natijasida quyidagilarga erishildi:

  • multimedia jarayonlari va umumtizim talablariga muvofiq qarorlarni qabul qiluvchi, axborot resurslarni kiritish va chiquvchi holatlarini loyihalashda qo‘llaniladigan omillariga chegaraviy shartlari bo‘lgan TIAV-multimedia tizimida taqdim etish modeli ishlab chiqilgan;
  • stoxastik multimedia jarayonlarining dinamik holati, kiruvchi faktorlar va chiziqli differensial tenglamalar asosida maqsadli ko‘rsatkichlarni bashoratlashning dinamik jarayonlarini regression tenglamalardan foydalangan holda ifodalash orqali TIAV-multimedia tizimini diskret-uzluksiz jarayonlarda axborotlarni qayta ishlash mexanizmi ishlab chiqilgan;
  • axborot resurslariga ishlov berishda tizimli yondashishga asos­langan multimedia muhiti doirasida matn, tasvir, audio, video ko‘rinishidagi ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini jadallashtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
  • multimedia jarayonlari texnik darajasini oshirish, TIAV konteynerlarni yaratish jarayonini yaxshilash, foydalanuvchi tomo­nidan qulay o‘zlashtirishni ta’minlash uchun axborot resurslarini ierarxik taqsimlash nazariyasi doirasida TIAV (text, image, audio, video) multimedia obyektlarini avtomatik ravishda shakllantirish usullari ishlab chiqilgan;
  • taklif etilgan matematik modellar asosida TIAV-multimedia ti­zimlari axborot resurslari bilan ishlashga tayyor bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun do‘stona interfeysni ta’minlovchi, multimedia jarayonlarini tashkil etuvchi, bevosita TIAV konteynerlarini yaratuvchi va namoyish etuvchi TIAV-multimedia tizimlari onlayn tizim TIAV konteynerlar konstruktorining dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan.

Ilmiy-tadqiqot natijalari asosida TIAV-multimedia tizimi ma’lumotlarga ishlov berish, axborotlashtirish vosita va usullari hamda boshqa ilmiy ishlanmalarni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi «ELECTRORENTGEN» MCHJ; «Creative people»; «Inform Pochta»; «BTL», «Yuksak Parvoz Qurilish»; «Energo systems plus» kabi korxonalarda amaliyotga joriy etilgan va multimedia ma’lumotlarni qayta ishlash vaqtini 1,2 martaga qisqarishi hisobiga 152,7 mln. so‘m yillik iqtisodiy samaradorlikka (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2015-yil 16-noyabr 02-8/6525-sonli ma’lumotnoma) erishilgan.

yosh_28_04_2016_3

Ha, yosh olimlar ilmiy-texnik taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch ekanligiga shubha yo‘q. Haqiqatdan ham Saida Beknaza­rova kabi izlanuvchan, tinib-tinchimas yosh olimlardan umidimiz katta. Yosh, istiqbolli olimaga omad doim yor bo‘lsin!

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq