Xalqaro MARC-21 formatida ko‘p tomlik nashrlarni kataloglashtirish modeli va algoritmi
28.04.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Hilola Islomova.

marc_28_04_2016

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-fevraldagi «2011–2015 yillarda axborot kommunikasiya texnolo­giyalari asosida axborot-kutubxona va axborot resurs­lar bilan xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-I487 sonli Qarori asosida sohani rivojlantirish bo‘yicha Davlat dasturi ishlab chiqildi. Davlat dasturida belgilangan vazifalardan biri — bu axborot-resurs markazlarini integrallashgan axborot-kutubxona tarmoqlari va elektron kutubxonalar bilan bosqichma-bosqich ta’minlashdan iborat. Elektron kutubxona ma’lumotlar bazasini shakllantirishda ko‘p tomlik nashrlarni kataloglashtirish alohida o‘ringa ega.

Ko‘p tomlik nashrlarni kataloglashtirishda yuqori darajadagi hujjat, quyi darajadagi hujjat tushunchalarini aniqlashtiramiz. Ko‘p tomlik nashrlar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat yuqori darajadagi hujjat deyiladi, mazkur ko‘p tomlik nashrlarning alohida olingan tomlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat quyi darajadagi hujjat deyiladi. Har bir quyi darajadagi hujjat uchun yagona yuqori darajali hujjat mavjud. Masalan, yuqori darajali hujjat (GOST 7.1-2003) standart talabi bo‘yicha quyidagi bibliografik tavsif elementlarni o‘z ichiga oladi (1-rasm).

marc_28_04_2016_1

Shuningdek, quyi darajadagi hujjatda quyidagi bibliografik tavsif elementlari mavjud (2-rasm).

marc_28_04_2016_2

Ko‘p tomlik nashrlarni kataloglashtirish monografiya yoki davriy nashrlarni kataloglashtirishdan farq qiladi. Ko‘p tomlik nashrlar o‘zaro bog‘langan bibliografik yozuvlardan iborat bo‘lgani uchun ham ularni kataloglashtirishda o‘zaro bog‘langan maydonlar yara­tish kerak bo‘ladi.

Bizga ma’lumki, ko‘p tomlik nashrlarni avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi elektron katalogi ma’lumotlar bazasiga kiritishda uch shakldagi ishchi varaqasidan foydalaniladi:

  1. Ko‘p tomlik nashrning umumiy qismi.
  2. Ko‘p tomlik nashrning tarkibiy qismi.
  3. Ko‘p tomlik nashrning alohida qismi.

Avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimi (AKAT)dagi eng mashaqqatli ishlardan biri bu tizimning elektron katalogini shakllantirishdir. Bunda tizimga kelib tushayotgan barcha hujjatlarning bibliografik yozuvi hamda indekslash (hujjatning qidiruv obrazi), annotasiya yaratish talab qilinadi. Jumladan, elektron katalogdagi bibliografik yozuvlarni (asosiy va qo‘shimcha) yaratishda Bibliografik yozuvning sarlavhasi, Parallel sarlavha, Sarlavhaga tegishli ma’lumot, Javobgarlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar, Nashr to‘g‘risidagi ma’lumotlar, Nashr etilgan joy, kalit so‘zlar, Nashr etilgan sana, Hajm, Illyustratsiya­lar to‘g‘risida ma’lumotlar, O‘lcham, Ilovalar, Kitobning xalqaro standart raqami (ISBN), Bahosi, Adadi, Saqlash shifri, Hujjat nusxasining soni, Annotasiya va Texnologik ma’lumotlar (nusxalar soni, hisobga olish ma’lumotlari, hujjatning kutubxonaga kelib tushgan sanasi va hujjatga ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar) kabi bir qator ma’lumotlarni batafsil kiritishimiz lozim.

Xalqaro MARC-21 formatida Ko‘p tomlik nashrlarning biblio­grafik yozuvlarini yaratish uchun nima qilmoq kerak?

  1. Dastlab, «Ko‘p tomlik nashrning umumiy qismi» nomli ishchi sahifasida keltirilgan quyidagi maydon va maydonostilarga tegishli bibliografik tavsif elementlari kiritiladi:
  • 020 — ISBN Indeksi (M: 5-85647-056-7 (muqovada))
  • 041 — Nashr tili (M: uzb)
  • 090 — Shifrlar (M: 090-AQ — O‘z2; 090-X Q 53)
  • 100 — Muallif (M: 100-A Qodirov P.)
  • 245 — Sarlavha to‘g‘risida ma’lumot (M: 245-A Saylanma; 245-B 3 tomlik; 245-C taqrizchi O. Sharafiddinov; 245-H matn)
  • 260 — Chiqish ma’lumotalari (M: 260-A Toshkent; 260-B G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti; 260-C 1987–1988)
  • 500 — Ilova (M: 5000 nusxa)
  • 700 — Boshqa mualliflar (M: 700-E taq.; 700-A Sharafiddinov O.)
  • 901 — Xujjat tipi (M: Ko‘p tomlik nashrning umumiy qismi)
  1. Tizimning «Ko‘p tomlik nashrning alohida tomi» nomli ishchi sahifasidagi maydonlarga esa bibliografik tavsif elementlar «Ko‘p tomlik nashrning umumiy qismi»dan quyidagi maydon ma’lu­motlari kuchib o‘tadi (3-rasm).
  2. marc_28_04_2016_3

Qolgan maydonlarga esa kerakli tavsif elementlar qo‘lda terib kiritiladi (4-rasm).

marc_28_04_2016_4

  1. «Ko‘p tomlik nashrning tarkibiy qismi» nomli ishchi sahifasidagi maydonlarga esa «Ko‘p tomlik nashrning tarkibiy qismi» nomli ishchi sahifasidan quyidagi maydonlarga kiritilgan tavsif elementlar kuchib o‘tadi (5-rasm) va kiritiladi.
  2. marc_28_04_2016_5

Natijada, Ko‘p tomlik nashrlar quyidagicha o‘zaro bog‘langan holda namayon bo‘ladi (6-rasm).

marc_28_04_2016_6

Mana tarzda ko‘p tomlik nashrlarning bibliografik tavsif elementlari tegishli ishchi sahifadagi maydonlarga yuqorida ko‘r­satilgan tartibda kiritiladi.

marc_28_04_2016_7

Bibliografik tavsif elementlarning ishchi sahifalarda ko‘chib o‘tishi modeli (7-rasm) ARM kataloglashtiruvchi xodimlari ko‘p tomlik nashrlarning elektron katalogini yaratishda foydalanishlari uchun taklif qilinadi.

Ko‘p tomlik nashrlarni kataloglashtirish algoritmi quyidagilardan iborat:

  1. Ko‘p tomlik nashrlarning kataloglashtirayotganda dastlab har bir quyi darajadagi hujjat uchun yagona yuqori darajali hujjat yaratiladi.
  2. Yaratilgan yuqori darajali hujjatga ko‘p tomlik nashrning har bitta tomini alohida bog‘lab chiqadi.
  3. Har bitta tomning tarkibiy qismi ketma-ket kiritilib chiqiladi.

marc_28_04_2016_8

Ko‘p tomlik nashrlarning elektron katalogini shakllantirishning taklif etilayotgan modeli (8-rasm) va algoritmidan foydalanish ARM, AKM va kutubxonalar faoliyatining samarasini keskin oshiradi. Kitobxonlar tomonidan izlanayotgan doston, qissa, hikoya…lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘p tomlik nashrning qaysi tomida chop etilganligi va uning tahliliy tavsifi va hatto to‘liq matniga tezlikda ega bo‘lishiga imkoniyat yaratadi. Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifati va madaniyatini keskin yuksaltiradi.

Yuqoridagi fikrlar asosida quyidagi xulosalar chiqarildi:

  1. Xalqaro MARC-21 format talablariga javob beruvchi bibliografik tasvirning to‘liq tarkibini o‘rganish zarur.
  2. Xalqaro MARC-21 formatini o‘rgatishga mo‘ljallangan o‘quv reja, dastur, o‘quv adabiyotlari, multimediali o‘quv qo‘llanmalari hamda maxsus trenajyorlar ishlab chiqarilishi, tayyorlanishi lozim.
  3. Xalqaro MARC-21 formatidagi maydon va maydonostilarni o‘qitishda tizimdagi Adminstratorning AIO‘dan foydalanish kerak.
  4. Ko‘p tomlik nashrlarni kataloglashtirish uchun Kataloglashtiruvchining AIO‘ bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi, so‘ngra, multimediali o‘quv qo‘llanmalaridan mustaqil mashg‘ulotlarda foydalanilishi, zarur bo‘lgan hollarda esa, «Trenajyorlardan foydalanish» maqsadga muvofiq.
  5. O‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, o‘qituvchiningbir marotaba tushuntirib berishi va tinglovchilarning mustaqil ravishda, amaliy mashg‘ulotlarni bajarishi MARC-21 formatini to‘liq o‘zlashtirishda yetarli emas.

Adabiyotlar:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-fevraldagi «2011–2015 yillarda axborot kommunikasiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona va axborot resurslar bilan xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-I487 sonli Qarori.
  2. Основные положения формата MARC для библио­графических данных. / Под общей редакцией действительного члена постоянного Комитета по UNIMARC Я. Л. Шрайберга. ГПНТБ России. — М., 1997. — 39 с.
  1. Лобанова Э. Ш. Долгий путь эволюций форматов: От MARC I до MARC 21// Библиотека. — 2003. — №9. — С. 55–57 .
  1. Автоматизация работы библиотеки образовательного уч­реждения. Сост.: Д. П. Тевс, В. А. Климентьева, В. А. Петров, Т. Н. Злобина, Г. В. Стекина, Т. В. Пантюшина, Л. И. Рыбина — Барнаул: Изд-во БГПУ, 2004. — 133 с.

Manba: Hilola Islomova, O‘MKHTTKMO va UQT instituti  katta o‘qituvchisi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq