Soha korxonalari bilan hamkorlik yuzasidan navbatdagi davra suhbati
28.04.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

tuit_28_04_2016_4

23 aprel kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Telekomunikatsion texnologiyalari» fakulteti «Telekommunikatsiya injiniringi» kafedrasi hamda «Marketing» bo‘limi boshchiligida «Biznesni rivojlantirish markazi» korxonasi mutaxassislari bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida «O‘zbekiston Respublikasida ma’lumotlarni uzatish tizimlarining holati va rivojlanish istiqbollari» mavzusi yuzasidan fikr almashildi.

Bugungi kunda «Biznesni rivojlantirish markazi» tomonidan olib borilayotgan ishlar, loyihalar, o‘rnatilgan zamonaviy qurulmalar, ularning imkoniyatlari, mijozlarga ko‘rsatilayotgan yangi xizmatlar turlari va kelajakda rejalashtirilayotgan loyihalar to‘g‘risida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.

Davra suhbatida professor-o‘qituvchilar, magistrlar va talabalar ishtirok etdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq