“COSCOM” MChJ ning ob’ektlari foydalanishga qabul qilindi
28.04.2016
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Inspeksiya)ning qurilishi tugallangan aloqa ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi farmoyishiga asosan Xorazm viloyati hududidagi “COSCOM” MChJning qurilishi tugallangan 2 ta ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish yuzasidan topshirilgan hujjatlari Inspeksiyaning Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi xodimlari tomonidan joriy yilning aprel oyi davomida tahlil qilindi va ob’ekt joyiga chiqib o‘rganildi.

Topshirilgan hujjatlar to‘plamini tahlil qilish hamda joyiga chiqib o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli xulosalar berildi.

“COSCOM” MChJ tomonidan kamchiliklar bartaraf etilgach, vakolatli organlarning xulosasiga asosan ob’ektlar foydalanishga qabul qilingan.

Mobil aloqa operatorlari tomonidan shu kabi telekommunikatsiya ob’ektlarini ishga tushirilishi iste’molchilarga sifatli aloqa xizmatlar ko‘rsatilishi bilan birga keng qulayliklar va yangi imkoniyatlar yaratiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq