AKT sohasi ta’lim tizimi muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarining hamkorligi
23.04.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Mamlakatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, xususan, mazkur sohada xalqaro standartlarga mos yuqori malakali mutaxassislarni, birinchi navbatda, dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada sohaga kerakli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi oliy ta’lim muassasalarining hissasi kattadir.

Aytish joizki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi butun dunyoda tez sur‘atlarda rivojlanib boryapti. Innovatsion texnologiyalar, ishlanmalar, dasturlar yaratish bo‘yicha yetakchi kompaniyalar kim o‘zarga poygaga kirishgan. Sohada ixtiro qilingan bugungi biror yangilik ertaga o‘rnini boshqasiga bo‘shatib berishga majbur bo‘lmoqda. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarda rivojlanishaxborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan chambarchas bog‘liqholatda olib borilmoqda. Buning uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar – hukumat e’tibori, moddiy-texnik baza, intellektual salohiyat yetarlidir. Faqataxborot texnologiyalari sohasidagimutaxassislarimizdan, yoshlardan ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda doimiy izlanish, o‘qib-o‘rganish talab qilinadi, xolos.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tgan «AKT sohasita’lim tizimi muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarining hamkorligi” mavzuidagi seminarda aynan yuqoridagi masalalar o‘rtaga tashlandi. Professor-o‘qituvchilar, talabalar, shuningdek, xususiy

IT-kompaniyalar vakillari ishtirok etgan bu seminarda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari, TATU, Toshkent shahridagi INHA universiteti rahbariyati yurtimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish jarayonlari,bu boradagi qonun va qarorlar mazmun-mohiyati, axborot texnologiyalarimutaxassislari tayyorlashdagi oliy ta’lim muassasalarining imkoniyatlari, sohaga kiritilayotgan yangi texnologiyalar va mutaxassislarga qo‘yiladigan asosiy talablar borasida so‘z yuritdilar.

Ushbu seminar doirasida TATU va INHA universitetirektorlari ilmiy va ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumni imzolashdi.Ikki universitetning ham maqsadi mustaqil vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘sha oladigan har tomonlama barkamol mutaxassislarni tayyorlashdir.Bu borada imkoniyatlarni, kuchlarni birlashtirish ko‘proq samara berishi aniq. Universitetlar respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida uzluksiz ta’lim va malaka oshirish tizimini shakllantirishga ko‘maklashish, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilar,sanoat va infratuzilma tarmoqlari va boshqa zamonaviy axborot texnologiyalari iste’molchilari o‘rtasida o‘zaro mustahkam hamkorlik o‘rnatish borasida yakdil harakatlarni belgiladi.

Seminarda respublikamizda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bozorida faoliyat yuritayotgan ACE CRAFT ENGINE, ALM SOFT, BARSAJDAR TECHNOLOGIES, OOO”STANDART IT-SEKTOR”,»CERTLibrary”maxsus axborot kutubxonasi, OOO SYNERGY GROUP, OOO «START SOFT”, OOO ”FIDO-BINES”, OOO «NIHOL-KOMTEX”, OOO «BAIK TECHNOLOGIES”, UP «SSP MAROQAND”, OOO «Intelligent Solutions” kabi IT kompaniyalari vakillari ishtirok etdilar.

Seminar doirasida ta’lim muassasasi xodimlari va ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari bilan o‘tkazilgan munozalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirib hozirgi zamon talabalari darajasida aktuallashtirish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bozorida mutaxassislarning raqobatbardoshligini ta’minlash bo‘yicha talabalarning kompaniyalarda bajarilayotgan loyihalarda ishtirokini ta’minlash, talabalarning innovatsion loyihalarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalari ilgari surildi.

Seminar davomida IT kompaniyalari vakillari tomonidan respublikamiz ichki dasturiy bozorini rivojlantirish uchun o‘quv jarayonlarida nimalarga e’tibor berish zarurligi, zamonaviy dasturlash texnologiyalarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan fanlarni chuqurlashtirish, talabalarning avtomatlashtirish bo‘yicha masalalarni tahlil etish, yechimini ishlab chiqish va loyihalash kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor berish zarurligi, universitetlar marketing xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha fikrlar bildirildi va takliflar o‘rtaga tashlandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq