TATU qoshidagi “Elektron hukumat” o‘quv markazida yangi o‘quv kurslar
21.04.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

tuit_21_04_2016

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yil 22 fevraldagi 65-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda «Elektron hukumat” o‘quv markazining yangi tashkil etilgan o‘quv kurslarini viloyatlarda ham o‘tkazilishini muvofiqlashtirish maqsadida, 19-20 aprel kunlari hududiy filiallar bilan video-konferentsiya orqali o‘quv seminari tashkil qilindi.

tuit_21_04_2016_1

Videokonferentsiyada «ERP sohasidagi korporativ axborot tizimini ishlab chiqish”, «Biznes jaryonlari reinjiniringi-BPR”, «Axborot xavfsizligi”, «Elektron xukumat — imkoniyat va istikbollari”, «Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali — elektron xukumat bir segment sifatida”, «Yagona nukta orkali ochik davlat ma’lumotlaridan foydalanish”, «AKT soxasida loyihalarni boshkarish” mavzularida «Kompyuter tizimlari» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’ruza va trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.

tuit_21_04_2016_2

Videokonferentsiyada universitetning Urganch filialidan 12nafar, Qarshi filialidan 25 nafar, Farg‘ona filialidan 15 nafar, Samarqand filialidan 6 nafar, Nukus filialidan 26 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Konferentsiya davomida «Elektron hukumat” o‘quv markazining yangi tashkil etilgan o‘quv kurslarini viloyatlarda o‘tkazish yuzasidan fikr almashinib, filial proffessor-o‘qituvchilari hamda tashkilotchilariga foydali maslahatlar berildi.

tuit_21_04_2016_3

Ma’ruzalar K.Shukurov, M.Raximov, «Elektron xukumat» tizimini rivojlantirish markazi departament boshlig‘i M.Rasulov, professor M.Yakubov,dotsent A.G‘aniev, TATU huzuridagi Dasturiy maxsulotlar va apparat dasuriy majmualar yaratish markazi iqtisodiyot va umumiy masalalar buyicha direktor o‘rinbosari D.Yuldashev lar tomonidan o‘tkazildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq