Inspeksiya va “O‘zbektelekom” AK o‘rtasida imzolangan Kelishuv ijrosi ta’minlanmoqda
21.04.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Аloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi hamda “O‘zbektelekom” AK o‘rtasida 2016 yilda hamkorlikda ishlash yuzasidan imzolangan Kelishuvga asosan joriy yilning mart oyida “O‘zbektelekom” AK Qashqadaryo filialining Beshkent va Navoiy filialining Xatirchi telekommunikatsiya bog‘lamalarida o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘rganishda telekommunikatsiyalar tarmog‘ini rivojlantirish, samaradorligini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan amaldagi qonun va normativ hujjatlar talablarining bajarilishi ko‘rib chiqildi.

O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ushbu “O‘zbektelekom” AK filialari telekommunikatsiya bog‘lamalari tomonidan chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqildi va amaliy yordam ko‘rsatildi.

Chora-tadbirlarning bajarilishi Inspeksiyaning Qashqadaryo va Navoiy viloyati hududiy bo‘linmalari tomonidan nazoratga olindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq