UZMOBILE bilan yangi imkoniyatlar!
19.04.2016
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

uzmob_19_04_2016

Endi Mobil aloqa milliy operatori abonentlari katta maydonga ega binolar ichida ham barqaror sifatli aloqaga (ham ovoz, ham yuqori tezlikdagi axborot uzatish xizmatlari) ega bo‘ladilar!

Bugungi kunda O‘zbekistonda o‘xshashi bo‘lmagan zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda, UZMOBILE katta binolarda aloqa sifatini yaxshilashga qaratilgan rejasini amalga oshirishni boshladi. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida, operator tomonidan katta maydonga ega bo‘lgan (sotuv markazlari, ko‘rgazma markazlari, biznes markazlari, ofis binolari va h.k.) binolarda radiouzatishni qismli taqsimlovchi baza stansiyalari uskunalarini (Lamp Site) o‘rnatilmoqda.

Mazkur innovatsion yechim kichik o‘rnatilgan antennali radiobloklardan tashkil topgan bo‘lib, uning kichik hajmi shift va devorga o‘rnatishga imkon yaratadi. Ularni lampa yoki datchikga o‘rnatish ham mumkin. “Lamp Site” – bu mavjud baza stansiyalari kontrolleriga ulangan baza stansiyasi bo‘lib, qamrov tarmoqlarini bino ichida makro darajali tarmoqlar bilan yuqori sinergiyasini ta’minlaydi. Shu ta’kidlab o‘tish kerakki, rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun “O‘zbektelekom” AK “TShTT” filiali tomonidan taqdim etilayotgan “So‘nggi mil” ishonchli yechimi orqali, ichki qamrov yechimi UZMOBILE tomonidan amalga oshiriladi.

uzmob_19_04_2016_1

“Samarqand Darvoza” Savdo Ko‘ngilochar Majmuasida bunday uskunalar o‘rnatilib bo‘lindi, endi Siz uzluksiz tarmoqda bo‘lish, qo‘ng‘iroqlar amalga oshirish va UZMOBILE tarmog‘i qamro‘vida sifatli aloqada bo‘lish imkoniyatiga egasiz. Agar oldinlari SKM ichida aloqa sifatini pasayishi hollari, signal yo‘qolishi yoki internet barqarorligi buzilishi muammolari bo‘lgan bo‘lsa, hozirda cheksiz muloqot uchun mobil aloqa sifati sizni quvontiradi!

Operator abonentlariga maksimal qulayliklar yaratish maqsadida mazkur yechimni ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan joylarda, omma yeg‘iladigan joylarda joriy etishni rejalashtirgan.

UZMOBILE – mamlakatizmda axborot va kommunikatsion texnologiyalari sohasini rivojlantishga ahamiyat kasb etuvchi yangi imkoniyatlar va abonentlari uchun sifatli xizmatlar joriy etuvchi, Mobil aloqa milliy operatoridir!

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq