UZMOBILE GSM tarmog‘iga bir yil!
15.04.2016
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

mob_15_04_2016

Bugun “O‘zbektelekom” AK UZMOBILE filiali GSM tarmog‘i ishga tushirilganiga bir yil bo‘ldi. Shu munosabat bilan, UZMOBILE xodimlari ishtikrokida filial majlislar zalida tadbir uyushtirildi. Mobil aloqa milliy operatorining GSM standartidagi yillik faoliyati natajalari, hamda mazkur yilga mo‘ljallangan rejalar e’lon qilindi.

mob_15_04_2016_1

Qisqa muddat ichida, UZMOBILE tomonidan abonentlar ehtiyoji uchun yuzlab yangi baza stansiyalaridan tashkil topgan sifatli GSM tarmog‘ini qurish va moslashtirishga qaratilgan ko‘p hajmli ish amalga oshirildi. Bugungi kunda UZMOBILE GSM abonentlari uchun qulay tarif rejalari, shuningdek, sifatli xizmatlar taqdim etish va takomillashtirish ustida filial barcha xodimlari mehnat qilmoqda.

Filial rivojiga, xususan, GSM tarmog‘ini rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shayotgan UZMOBILE xodimlari taqdirlanishdi. Ularning fidokorona mehnati va kasb mahorati jamoaning axloqiy intizomi va Mobil aloqa milliy operatori faoliyati natijalarida o‘z aksini topmoqda.

Joriy yilga abonentlar talablarini to‘liq qamrab olish maqsadida jadal o‘sish, hamda rivojlanish va tarmoqni butun O‘zbekiston bo‘yicha bosqichma-bosqich kengaytirish ishlarini davom ettirish rejalashtirilgan.

UZMOBILEning – O‘zbekiston Mobil aloqa milliy operatori sifatida, har ikki standart: CDMA-450 EV-DO va GSM 2G/3G hamda 4G LTE afzalliklaridan foydalangan holda sifatli xizmatlar taqdim etish – asosiy maqsadidir.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq